Xotin-qizlar faolining maoshi mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Hududlardagi xotin-qizlarning ijtimoiy ahvolini o‘rganish, ularga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida xotin-qizlar faoli lavozimi joriy etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.03.2022— yildagi PQ-146-son Qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-maydan boshlab mahalladagi xotin-qizlar faolining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi:

  • xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,5 baravari miqdorida;

  • xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4 baravari miqdorida;

  • xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,5 baravari miqdorida.


Bundan tashqari, faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, mahallalardagi xotin-qizlar faollarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 15 foizi miqdorida moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi shakllantiriladi.

Kuz-qish mavsumida koʻp qavatli uylardagi havo harorati kamida 20 gradus C boʻlishi kerak.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi