Yaqin kunlarda shu masala ham kun tartibidagi dolzarb mavzulardan biriga aylanib qoldi.
Shu sababli ushbu masalaning huquqiy jihatini koʻrib chiqsak, maqsadga muvofiq boʻladi.
Yakka tartibda darslarni tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi 638-son qaroriga 4-ilovada tasdiqlangan Nizom asosida tartibga solinadi.
Biroq ushbu nizomda yuqoridagi masala boʻyicha tartibga solinmaydi. Bu holatda masala “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 3271) qoidalari qoʻllaniladi.
Mazkur nizomning 23-bandida umumtaʼlim muassasalarining uyda yakka tartibda mashgʻulotlar olib borayotgan oʻqituvchilariga haq toʻlash bazaviy tarif stavkasini oʻquv va pedagogik yuklamalarga boʻlish, ularni yakka tartibda oʻtkazilgan haqiqiy dars soatlariga koʻpaytirish orqali amalga oshirish belgilangan.
Demak, uyda yakka tartibda taʼlim berayotgan oʻquvchilarga ish haqi soatbay emas, bazaviy tarif stavkasidan kelib chiqib toʻlanadi.