25 yillik ish stajiga ega o‘qituvchilarning toifasi saqlanadi

Ma’lumki, Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-bandiga ko‘ra majburiy attestatsiya 5 yilda o‘tkaziladi.

Ushbu nizom kuchga kirgandan so‘ng bir qator pedagog xodimlar attestatsiyaga jalb etilmagan holda toifasi saqlanishiga oid qator imtiyozlar belgilangan.

Xususan, nizom 6-bandiga asosan:

  • pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar;
  • yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

Bunda 8-bandi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 dekabrdagi 692-sonli qaroriga asosan «e» kichik band bilan to‘ldirilgan, unga ko‘ra pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog kadrlarga — ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) beriladi.

Shunga ko‘ra 25 yil yoki undan ko‘p ish stajiga ega pedagoglarning hamda pensiya yoshiga chiqishiga 5 yil va undan kam vaqt qolganda pedagoglarning toifasi saqlanadi.

Ularga berilgan sertifikatning amal qilish muddati tugaydigan vaqtda nizomning 32-bandiga muvofiq pedagoglar har yili 1-yanvardan 31-dekabrga qadar to‘g‘ridan-to‘g‘ri attestatsiyadan o‘tkazilmasdan malaka toifasi (lavozim) sertifikatini olish uchun bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilishlari lozim.

Bunda pedagoglarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri attestatsiyadan o‘tkazilmasdan malaka toifasi (lavozim) sertifikatini olish bo‘yicha so‘rovnomasi 20 kun muddatda ko‘rib chiqiladi va ijobiy qaror qabul qilinganda ularga QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikat beriladi.

Pedagog xodimlarga 56 kalendar kun ta’til beriladi

O‘qituvchiga qachon soatbay dars beriladi?

O‘qituvchilarga olis hududda ishlaganlik uchun ustama to‘lanadi

Ustama alohida to‘lov emas

O‘qituvchining ish haqi qanday aniqlanadi?