3-kurs talabasi MTTda psixolog lavozimida ishlashi mumkinmi?

Ma’lumki, Maktabgacha ta’lim xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarida MTT psixologi lavozimining malaka tavsiflari belgilangan, unga ko‘ra:

  • o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot, oliy ma’lumotga ega bo‘lib psixologiya yo‘nalishidagi qayta tayyorlov va maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi kasbiy qayta tayyorlov kursini o‘tagan bo‘lishi lozim;
  • xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
  • ish staji talab qilinmaydi.

Mana shu qoidaga ko‘ra MTT psixologi lavozimida ishlash uchun nomzod psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lishi yoki oliy ma’lumot hamda qayta tayyorlovdan o‘tishi lozim.

Lekin Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ilovaning 3-bandiga asosan til o‘qituvchilari, o‘qituvchi-defektolog, o‘qituvchi-logoped, psixologlar, oliy ma’lumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari lavozimiga oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan shaxslar ishga qabul qilinishi mumkinligi belgilangan.

Shunga ko‘ra psixologiya yo‘nalishida 3-kursda o‘qiyotgan talaba MTTda psixolog lavozimiga ishga qabul qilinishingiz mumkin.

Yakka tartibda oʻtiladigan darslar uchun qoʻshimcha toʻlov beriladimi?

Yakka tartibda dars oʻtganlik uchun soatbay haq toʻlanadimi?

Qonunchilikda o‘qituvchi va murabbiylarga qanday imtiyozlar belgilangan?

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari qanday taqdirlanadi?

Direktor va o‘rinbosarlar dars berishga haqlimi?

Pensioner o‘qituvchilar necha soat dars berishi kerak?

Dekretdan qaytgan o‘qituvchi kamroq dars oladimi?

Ayrim pedagog kadrlarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi, agar ular…

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablar rag‘batlantiriladi

Maktabgacha ta’lim xodimlari bazaviy tarif stavkalari miqdorlari qancha?