Talaba o`rindosh emas

Qancha tushuntirish bermaylik, baribir maktablarda talabalarni o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish to‘xtamayapti.

Aslida talabalarni o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish mutlaqo noto‘g‘ri. Bunga quyidagilar asos bo‘ladi.

Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.

Shuningdek, Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq mehnat daftarchasi xodim ish haqi oladigan tashkilotning xodimlar bo‘limida yoki shunga mas’ul etilgan shaxsda saqlanadi. O‘rindoshlik asosida ishlayotganlarniki esa asosiy ish joylarida saqlanadi.

Talaba esa OTMda xodim emas, u bilan OTM o‘rtasida mehnat shartnomasi emas, ta’lim berish shartnomasi tuziladi va shartnomada u talaba sifatida e’tirof etiladi.

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom 50-bandiga muvofiq kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan.

Shuningdek, Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomning 8-bandiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Demak, pedagogikia yo’nalishida 3-kursda o‘qiyotgan talabalar bemalol dars bera oladi. Lekin ularga o‘rta maxsus xodim sifatida haq to‘lanadi.

Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandida oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalariga tarifikatsiya asosida dars soatlarini berish mumkinligi qayd etilgan.

Shunday ekan talaba boshqa ish joyiga ega bo‘lmasa, uni asosiy xodim sifatida ishga olish kerak.

Yakka tartibda oʻtiladigan darslar uchun qoʻshimcha toʻlov beriladimi?

Yakka tartibda dars oʻtganlik uchun soatbay haq toʻlanadimi?

Qonunchilikda o‘qituvchi va murabbiylarga qanday imtiyozlar belgilangan?

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari qanday taqdirlanadi?

Direktor va o‘rinbosarlar dars berishga haqlimi?

Pensioner o‘qituvchilar necha soat dars berishi kerak?

Dekretdan qaytgan o‘qituvchi kamroq dars oladimi?

Ayrim pedagog kadrlarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi, agar ular…

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablar rag‘batlantiriladi

Maktabgacha ta’lim xodimlari bazaviy tarif stavkalari miqdorlari qancha?