Ko‘p bolali oila

Fuqarolarga imtiyoz berish haqidagi normativ-huquqiy hujjatlarda imtiyoz oluvchi toifalardan biri sifatida ko‘p bolali oilalar kiritilganini ko‘ramiz.

Oilani ko‘p bolali deb hisoblash uchun unda nechta farzand bo‘lishi kerak?

Bu savol ko‘pchilikni qiziqtirishi mumkin. Savolning javobini oila qonunchiligidan topish mumkin. Xususan, Oila kodeksining 41-moddasida to‘rt nafar va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali oila ekanligi belgilangan.

Shuningdek, agar to‘rt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan ko‘prog‘i ta’limning kunduzgi shaklida (o‘rta maxsus va professional, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan hamda yigirma ikki yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu oila ham ko‘p bolali oila deb hisoblanadi.

Demak, umumiy holatda bir oilada 4 yoki undan ortiq voyaga yetmagan bolalar bo‘lsa, bu oila ko‘p bolali sanaladi. Bunday oilada bolalar voyaga yetganda ham agar ulardan kamida bittasi kunduzgi ta’lim shaklida oliy yoki o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida (bunda davlat va xususiy ta’lim tashkilotlari inobatga olinadi) o‘qishga kirsa, bunda shu bola 22 yoshga kirguncha bu oila ko‘p bolali oila toifasiga kiradi.

Nikohdan ajralish qanchaga tushadi?

14 yoshga to‘lgan bola  otasidan ham onasidan ham aliment undirishni talab qila oladi

Koreyadagi shaxsdan aliment undirsa bo‘ladimi?

Bolaning asrab olinganligini aytsam javobgarlikka tortilamanmi?

Aliment to‘lovlari jamg‘armasi haqida eshitganmisiz?