O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni 3-bandiga ko‘ra:
- 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.
Demak, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab birinchi marta o‘qituvchilik lavozimiga ishga kirayotgan stajor o‘qituvchi sifatida qabul qilinadi.
Bunda Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) rahbar va xodimlarining malaka tavsiflariga ko‘ra mutaxassisligi pedagogika yo‘nalishi bo‘lgan oliy ma’lumotli va tugallanmagan to‘liqsiz oliy 3 va undan yuqori kursda o‘qiydigan talabalar stajor o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilinadi.