Homilador ayollarni ishdan bo‘shatish taqiqlanadi

Mehnat kodeksining 163-moddasi birinchi qismi 6-bandi hamda 408-moddasiga asosan homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi.

Ushbu kodeks 408-moddasiga ko‘ra, xodim ishlayotgan tashkilot (yoki uning tarkibiy bo‘linmasi) tugatilganda yoxud yakka tartibdagi tadbirkor ish faoliyatini tugatganda mehnat shartnomasini bekor qilinishi mumkin.

Agar mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilgan bo‘lsa va bu davrda ayol homilador bo‘lib qolsa, ish beruvchi xodimning arizasi va tibbiy ma’lumotnomasiga asosan mehnat shartnomasini homiladorlik davri tugagunga qadar, agar ayolga homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilgan bo‘lsa bu ta’tillar tugagunga qadar uzaytirilishi shart.

Boshqacha aytganda, homilador ayol bilan muddatli mehnat shartnomasi imzolangan bo‘lsa, shartnomaning muddati homiladorlik va tug‘ish ta’tili (126 kalendar kun) tugagunga qadar uzaytiriladi.  

Ayrim tumanlarda ish haqlari naqd pulda berilishini bilasizmi?

Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi

Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi

18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud

Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga qanday imtiyozlar berilgan?