Bolalar uchun logoped markazini qanday ochish mumkin?

Hozirda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mavjud bo‘lgan tashkiliy huquqiy shakllar orasida eng yaxshisi MCHJ hisoblanadi. Yuridik shaxsning bu turini tashkil etish uchun Fuqarolik kodeksi hamda Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risidagi qonun huquqiy asos bo‘ladi.

MCHJning dastlabki avzalligi, uni bitta shaxs ham, bir necha shaxs ham (50 nafardan oshmasligi kerak) tashkil etishi mumkinligida ko‘rinadi. Xususiy yoki oilaviy korxonada yohud fermer xo‘jaligida bunday imkoniyat mavjud emas.

Bunda jamiyat yagona muassis tomonidan tashkil etilganda Ustav hujjati tuziladi va muassis tomonidan tasdiqlanadi. Agar jamiyat 2 dan ortiq muassis tomonidan tashkil etilsa, Ustavga qo‘shimcha Ta’sis shartnomasi tuziladi.

Ikkinchi va asosiy avzallik jamiyatning cheklangan javobgarligidir. FK 62-moddasiga binoan mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.

Fuqarolik kodeksining 44-moddasi hamda qonunning 5-moddasiga asosan MCHJ davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Buning uchun shaxs my.gov.uz yoki fo.birdarcha.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi yoki DXMga borgan holda jamiyatni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin.

Bunda Davlat boji to‘g‘risidagi qonun bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlari 7-bandiga ko‘ra BXMning 1 baravari miqdorida davlat boji to‘ladi. Agar ro‘yxatdan elektron shaklda yuqoridagi saytlar orqali o‘tilsa, davlat boji BXMning 90 foizini tashkil etadi.  

Shundan so‘ng, Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonun 3-ilovasiga ko‘ra nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyat uchun Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (hozirda bu inspeksiya vakolatlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlangan)dan lisenziya olinadi.

Yuqoridagi harakatlarni amalga oshirilgandan so‘ng logopedlik markazi faoliyatini boshlash mumkin.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bogʻchalarga subsidiya ajratiladi

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig‘i 50 foizga kamaytirilgan

Faktoring faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etish mumkin

Buyurtmachi tomonidan pudratchi tashkilot moliyaviy mukofotlanishi mumkin.

Qonunchilikda tadbirkorlarga ayrim iqtisodiy qulayliklar yaratilmoqda

Alkogol masulotlarini ishlab chiqarishga doir yangi lisenziya talablari joriy etilmoqda

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi

Oilaviy mehmon uylari uchun qanday majburiy sharoitlarni yaratishlari kerak?

Tadbirkorlik subyektlari davlat organlariga qanday hisobotlar taqdim etishlar lozim?

2025-yil 1-yanvarga qadar ayrim mahsultlariga nol stavkali bojxona boji qo‘llaniladi.