Ko’pchilik tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun firmani ro‘yxatdan o‘tkazilsa bo‘ldi, shuning o‘zi yatarli deb hisoblaydi. Aslida unday emas. Ba’zi holatda pul aylanmasi bir necha o‘n ming dollarni tashkil etadigan firmalarda ham hujjatlar bilan bog‘liq, qator kamchilikar uchraydi.
Agar shaxs tadbirkorlik faoliyatini boshlagandan so‘ng turli muammolarga (tekshiruvlar, mijozlar bilan nizolar, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, ularning hisobotlari) yo‘liqishni, shunday muammolar paydo bo‘lganda qo‘rqmay qonuniy harakat qilishni xohlasa, unda bir qator harakatlarni amalga oshirishi kerak.
1. Avvalo, yuridik shaxs tashkil etilgandan so‘ng uning buxgalteriya hisobi to‘g‘ri tashkilishi etish shart. Bunda firmaning balansi, aktivlari, passivlari to‘g‘ri shakllantirilishi, TMZ (tovar moddiy zahira)lar to‘liq firma balansiga kiritilishi va boshqa harakatlar amalga oshirlishi kerak.
2. Yuridik shaxs hisob-kitoblarni faqat naqdsiz shaklda amalga oshirilishi lozim. (Qonunchilikda belgilangan ayrim holatlar, misol uchun chakana savdo mustasno) Bunda firmaga kirayotgan va undan chiqayotgan pul summalari faqat bank orqali aylanishini ta’minlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ayrim tadbirkorlar mijozlardan olingan pullarni vaqtida bank hisobvarag‘iga kirim qilmaydi. Buning natijasida nizo vujudga kelib, mijozlar tegishli organlarga murojaat qilganda, tadbirkorda qo‘rquv boshlanadi. Negaki, bunday harakat unga bir qator normalar bilan javobgarlik chorasini qo‘llash uchun dastlabki asos bo‘lishi mumkin. Misol uchun:
- Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 1751-m);
- Oz miqdorda talon-toroj qilish (MJTK 61-m);
- O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish (Jinoyat kodeksi 167-m);
- Firibgarlik (JK 168-m);
- Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash (JK 184-m)
3. Ishga qabul qilingan xodimlar bilan mehnat shartnomasini va mehnatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish zarur. Bunda:
- yozma mehnat shartnomasi tuzilishi (Mehnat kodeksi 106-m)
- mehnat shartnomasi Yagona milliy mehnat tizimi (YaMMT)ga kiritilishi shart (MK 127-m).
Bu qoida ham qonuniy faoliyat yurishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Ba’zi tadbirkorlar xodimlar bilan yozma mehnat shartnomasi tuzishdan ko‘ra, ular bilan og‘zaki kelishib, ularni ishga oladi. Bu esa keyinchalik muammolarni keltirib chiqaradi.
Birinchidan, ishga olingan xodim mas’uliyatsizlik bilan qaraydi, o‘z majburiyatlarni lozim darajada bajarmaydi. Tadbirkor ish beruvchi sifatida ularga nisbatan qonuniy choralarni ko‘ra olmaydi.
Ikkinchidan, agar xodim bilan nizo chiqib, xodim tegishli organga murojaat qilsa, tadbirkorga ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llaniladi:
- Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (MJTK 49-m).
4. Konragentlar bilan shartnomalarni yozma yoki elektron shaklda rasmiylashtirish kerak. Sababi kontragentning shartnoma ijrosini ta’minlash, o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini lozim darajada bajarilishini nazorat qilish, nizo kelib chiqishining oldini olish va nizo chiqqan taqdirda sudda yutish imkoniyatini beradi.
Tadbirkorlikni endi boshlamoqchi yoki faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga yuqoridagilarga rioya qilishni tafsiya qilamiz. Mazkur sohada biz hamkorlik qilmoqchi bo‘lgan shaxslarga o‘z xizmatlarimizni taklif qilamiz.