Uy ishchilari bilan mehnat shartnomasi tuziladi

Amaldagi Mehnat kodeksining 514-moddasiga asosan jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun ishlaydigan xodimlar, ya’ni bog’bonlar, enagalar, qorovullar, oqsochlar, haydovchilar uy ishchilari hisoblanadi.

Uy ishchilari bilan ham jismoniy shaxs tomonidan 3 nusxada mehnat shartnomasi tuziladi hamda ularning bir nusxasi hududiy soliq organiga taqdim etiladi. Uy ishchilarini ishga qabul qilish vaqtida buyruq chiqarilmaydi va ular uchun mehnat daftarchasi yuritilmaydi.

Mehnat kodeksining 519-moddasiga ko’ra uy ishchilari uchun ham mehnat staji hisoblanadi. Bu stajni hisoblash uchun esa ularning ijtimoiy soliqni to’laganligi holati asos bo’ladi, ya’ni ijtimoiy stajni to’lash orqali ular o’zlari uchun mehnat stajini olishadi.

Ayrim tumanlarda ish haqlari naqd pulda berilishini bilasizmi?

Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi

Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi

18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud

Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga qanday imtiyozlar berilgan?