Soliq to‘lash muddatini keyinroq muddatga qarz summasiga foizlar hisoblangan holda ko‘chirish soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish deyiladi.
Bu ikki xil shaklda amalga oshiriladi:
1. soliq to‘lash muddatini kechiktirish;
2. soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash.
Soliq to‘lashni kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati 1 yildan oshmagan muddatga beriladi.
Bunda manfaatdor shaxs (yuridik va jismoniy shaxs) bu imkoniyatdan foydalanish uchun ariza berishi mumkin.
Soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish imkoniyati uchun Soliq kodeksining 100-moddasiga ko‘ra quyidagilar shartlar mavjud:
- Shaxs tabiiy ofat, texnologik falokat natijasida zarar ko‘rganligi;
- To‘lovga qobilaysizlik alomatlari paydo bo‘lish xavfi;
- Shaxs oxirgi 3 yilda soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelganligi;
- Jismoniy shaxsning mulkiy holati soliqni bir yo‘la to‘lash imkoniyati bermasa;
- To‘lovga qobilaysizlik ish bo‘yicha sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv joriy etilgan bo‘lsa va boshqa holatlar.