Amaldagi qonunchiligimizda farzandlarini yolg‘iz parvarishlayotgan onalarga bir qancha imtiyozlar belgilangan bo‘lib, hozirda ushbu imtiyozlar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tamiz.
Soliq kodeksining 380-moddasi birinchi qismi 5-bandiga asosan, ikki va undan ortiq 16 yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar qisman soliq solishdan ozod etiladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-martdagi 257-sonli Qarori bilan tasdiqlangan ilovaga asosan, ikki yoki undan ortiq voyaga yetmagan farzandlar tarbiyalayotgan yolg‘iz onaning iqtidorli farzandlarini uzuliksiz ta’lim olishi moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanadi
O‘zbekiton Respublikasi Prezidentining 2019-12-sentyabrdagi PQ-4447-son Qarorining 312-bandiga asosan, o‘n to‘rt yoshdan kichik farzandlari bo‘lgan yolg‘iz onalarni ularning roziligisiz tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mehnat kodeksning 400-moddasiga ko‘ra, 14 yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (16 yoshga to‘lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolg‘iz onaga mehnat ta’tilini ularning xohishiga ko‘ra yozgi yoki ular uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtga beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-sonli Qarorining ilovasiga muvofiq, farzand(lar)ini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga arzon uy-joylar oilishda ijtimoiy ustunlik beriladi.
Vazirlar Mahnkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, arzand(lar)ini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalar uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya olishlari mumkin.
Bundan tashqari, yolg‘iz onalar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olishda ham ustunlikka ega hisoblanadilar hamda 14 yoshga to‘lmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolg‘iz onalar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan o‘zlarining loyihalari bo‘yicha moliyaviy yordam olish huquqiga ham ega bo‘ladilar.