Mehnat kodeksining 404-moddasiga muvofiq, ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun homiladorlik va tug‘ish ta’tili beriladi.
tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda yetmish kalendar kun
Xo‘sh, bunda ular qancha miqdorda nafaqa olishadi?
MKning o‘zida bu miqdorga blanket dispozitsiya berilgan bo‘lib moddaning o‘zida faqatgina eng kam miqdor belgilangan, ya’ni o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 35-bandi mazmuniga binoan, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqalar xodim:
- ishga qabul qilingan kundan 12 oygacha ish stajiga ega bo‘lganda — o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi;
- ishga qabul qilingan kundan 12 oydan ortiq ish stajiga ega bo‘lganda — o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi.
Bunda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan (sudning hal qiluv qarori va hokimning vasiy yoki homiy tayinlash bo‘yicha qarori bo‘yicha) xodimga beriladigan nafaqalarni tayinlash va to‘lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo‘ladi.
Uning miqdori esa xodim yillik (asosiy va qo‘shimcha) ta’tilda va bolani parvarishlash uchun ta’tilda bo‘lgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga ta’til berilganda, nafaqa ta’tilning mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha kunlari uchun beriladi.