O‘zboshimchalik bilan yo‘llarda yoki ko‘chalarda sun’iy to‘siqlar o‘rnatgan shaxslarga ham javobgarlik mavjud

Hech kimga sir emaski, barchamiz ko‘chalarda shaxsiy avtomobilimizdan foydalangan holda harakat qilayotganimizda juda ko‘plab sun’iy yo‘l yotqiziqlariga duch kelamiz. Qisqa masofalarni bosib o‘tishda ham bu kabi to‘siqlar barchamizga xalal beradi hamda ortiqcha vaqtimizni oladi. Hozirda umumfoydalanishda bo‘lgan yo‘llarda shu kabi to‘siqlarni o‘rnatish (hosil qilish )qanchalik qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan fikr yuritamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.07.2024-yildagi PQ-241-son Qaroriga ko‘ra 2024-yil 1-sentyabrdan  jismoniy shaxslar va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar har qanday yuridik shaxs tomonidan yo‘llar, trotuarlar va boshqa yo‘l infratuzilmasi obektlarida qurilish ishlarini olib borish, yo‘l obektini har qanday ko‘rinishda ta’mirlash, buzish, qazish, o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan so‘ng amalga oshirilishi belgilab berildi.

Ya’ni, endilikda yo‘llarda sun’iy to‘siqlar yoki yo‘l yotqiziqlarini qurish uchun ham belgilangan tartibda ruxsatnoma olish talab etiladi.

E’tibor bering! Ruxsatnoma berish tizmi joriy qilinishidan oldin qurilgan barcha sun’iy to‘siqlar yoki yo‘l yotqiziqlari ham noqonuniy hisoblanadi.

Ushbu harakatlarni sodir etgan shaxslar Ma’muriy javobagarlik to’g’risidagi kodeksining 147-moddasi bilan javobgarlikka tortiladilar.

Eslatma! ushbu harakatni sodir etish:

  • fuqarolarga – bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida,
  • mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, Qarorga muvofiq ruxsatnoma olmasdan yo‘l obektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirganlik yoki yo‘l obektining avvalgi holatini tiklash bo‘yicha majburiyatni bajarmaslik holati bo‘yicha huquqbuzarlik aniqlanishiga faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, garchi fuqarolarimiz bu kabi to‘siqlar yoki yo‘l yotqiziqlarini hosil qilish orqali yosh bolalar va keksalarning xavfsizligini o‘ylashsa ham, ushbu harakatlarini vakolatli idoralardan ruxsatnoma olgan holatda amalga oshirganliklari afzaldir.

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Qanday hollarda ichki ishlar organlari xodimlari shaxsni ushlab turish uchun(idoraga) olib ketishlari mumkin?

Yaqinda uy oldim uyni nomimga o‘tkazmasam nima bo’ladi?

Mastlik holati aniqlangan haydovchining guvohnomasi voqea joyida olib qo‘yiladimi yoki sudning qaroriga asosan olib qo‘yiladimi?

PPX xodimlari qanday huquqbuzarliklar uchun ma’muriy bayonnoma tuzishlari mumkin?