Ishdan bo‘shatish nafaqasi va ishsizlik nafaqasi o‘rtasida farq bor

1. Nafaqani beradigan subeyktga ko‘ra farq:

a) Amaldagi Mehnat kodeksining 173-moddasiga ko‘ra, ishdan bo‘shatish nafaqasi ish beruvchi tomonidan xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda to‘lanadiga bir martalik to‘lovdir.

b) Aholi bandligi to‘g‘risidagi Qonunning 3-moddasiga ko‘ra ishsizlik nafaqasi ishsiz xodimga davlat tomonidan pul shaklida beriladigan kafolatlangan qo‘llab-quvvatlash turidir.

Xulosa, ishdan bo‘shatish nafaqasi ish beruvchi tomonidan beriladi. Ishsizlik nafaqasi esa davlat tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy bo‘limlari orqali beriladi.

2. Muddatiga ko‘ra farq:

a) Mehnat kodeksning 173-moddasiga ko‘ra, ishdan bo‘shatish nafaqasi xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish beruvchi tomonidan xodimga beriladigan bir martalik pullik to‘lovdir.

b) Aholi bandligi to‘g‘risidagi Qonunning 51-moddasiga ko‘ra, Ishsizlik nafaqasi o‘n ikki oylik davr ichida ko‘pi bilan yigirma olti kalendar hafta davomida to‘lanadi.

Xulosa, ishdan bo‘shatish nafaqasi ish beruvchi tomonidan ishdan bo‘shagan xodimga faqatgina bir martda to‘lanadi. Ishsizlik nafaqasi esa davlat tomonidan ishsiz deb e’tirof etilgan xodimga bir yil davomidan 26 kalendar hafta davomida to‘lanadi.

3. Miqdoriga ko‘ra farq:

a) Ishsizlik nafaqasi Aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunning 52-moddasiga asosan, ishdan va ish haqidan so‘nggi o‘n ikki oylik davr ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga — avvalgi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizi miqdorida, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oz bo‘lmagan va nafaqani hisoblash paytida O‘zbekiston Respublikasida tarkib topgan o‘rtacha ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.

b) Ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog‘liq bo‘ladi va Mehnat kodeksining 173-moddasiga asosan:

  • uch yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan;
  • o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining ikki yuz foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.

Xulosa, ishsizlik nafaqasining miqdori qat’iy belgilangan bo‘ladi. Ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori esa xodimning ishlagan stajiga bog‘liq qilib qo‘yilgan.

Ogohlantirish muddati

Ayrim tumanlarda ish haqlari naqd pulda berilishini bilasizmi?

Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi

Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi

18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud

Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga qanday imtiyozlar berilgan?

Xodimning diplomi soxta bo‘lib chiqsa uni boshqa ishga o‘tkazishga majburmizmi?

Mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomaning o‘zaro nisbati

Fuqarolik-huquqiy shartnomalari mehnat shartnomasi deb tan olinadi

Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi qancha?