Mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomaning o‘zaro nisbati

Ma’lumki mehnat munosabatlarida ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat shartnomasi (keyingi o‘rinlarda MSh) tuzilishi kerak. Biroq, amaliyotda ayrim ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligida xodimga berilishi kerak bo‘lgan imtiyozlarni “chetlab o‘tish” maqsadida fuqarolik-huquqiy shartnomasi (keyingi o‘rinlarda FHSh) tuzishadi. 

Amaldagi Mehnat kodeksining 11-moddasiga binoan, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, MShda nazarda tutilgan mehnat shartlarini ish beruvchi tomonidan ta’minlashda xodimning mehnat vazifasini ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda haq evaziga shaxsan bajarishi haqidagi, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga asoslangan munosabatlar yakka tartibdagi mehnat munosabatlaridir.

Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni haqiqatda tartibga soladigan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar tuzish taqiqlanadi.

E’tibor bering! mehnat qonunchiligidagi normalar FHShlarga tatbiq etilmaydi. Xo‘sh, bunda ikki shartnomaning o‘zaro qanday faqli jihatlari mavjud?

Quyidagi jadvalda ikki shartnomaning o‘zaro nisbatani ko‘rib chiqamiz.

Farqlovchi jihatlarMehnat shartnomasiFuqarolik-huquqiy shartnoma
 1Tartibga solinishiMehnat kodeksi va mehnatga oid boshqa normativ va lokal hujjatlar, jamoa va mehnat shartnomasi asosida tartibga solinadiTaraflar o‘rtasidagi shartnoma hamda Fuqarolik kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi
 2Shartnoma turiMehnat shartnomasiAsossan pudrat, haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomalari
 3Shartnoma predmetiShaxsning mehnat qilish qobilyati shartnoma predmetidirMuayyan ishni bajarish yoki xizmatni ko‘rsatish shartnoma predmeti sanaladi
 4Shartnomani rasmiylashtirishMSh ish beruvchi va xodim tomonidan imzolanadi hamda Yagona milliy mehnat tizimi (YaMMT)ga kiritlishi shart*.Taraflar tomonidan imzolanadi. Taraflardan birining talabi bilan notarial tasdiqlanishi mumkin.
5TaraflariXodim va Ish beruvchiBuyurtmachi va Ijrochi yoki Pudratchi
 6Shartnoma bahosi (haq to‘lash)mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadiTaraflar o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilanadi va eng kam miqdor bo‘yicha cheklov mavjud emas.
 7Shartnoma muddatiMuddatli hamda nomayyan muddatga tuziladi. Bunda muddatli shartnoma tuzish asoslari va muddatlari Mehnat kodeksida aniq belgilangan.Shartnomada belgilangan muddatga
 8Haq to‘lash tartibi1 oyda kamida 2 marta mehnatga haq to‘lash shartHaq to‘lash tartibi shartnomada kelishiladi
 9Ish vaqtimuddatlar chegarasi bilan belgilanga ish vaqti amal qiladi (1 stavka uchun haftasiga maksimal 40 soat)Shartnomada kelishilgan muddatlarda ish bajariladi yoki xizmat ko‘rsatiladi
 10KafolatlarQisqartirilgan yoki to‘liqsiz ish vaqti rejimlari mavjudBunday kafolat mavjud emas
Dam olish va ta’tillar berilishi kafolati bor
Xodim vaqtincha mehnat qobilyatini yo‘qotganda nafaqa to‘lanadi  
Shartnomani bekor qilishga oid bir qator kafolatlar va imtiyozlar taqdim etiladi
Ish joyi (lavozimi) saqlanishiga oid kafolatlar tadqim etiladi
mehnat shart-sharoitini yaxshilashni talab qilish huquqi
homiladorlik va tug‘ish davridagi kafolatlar(ta’tillar, qo‘shimcha to‘lovlar)
ishning samaradorligiga qarab to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar
kodeksda va boshqa normativlarda nazarda tutilgan kafolatlar
Bunday kafolat mavjud emasIshning natijaga kafolat beriladi. Ko‘satilgan xizmatlarga kafolat belgilanmaydi
 11StajIshlagan davri uchun hisoblanadigan ish staji MSh tuzgan xodimlarda hisoblanadiIsh bajarilgan yoki xizmat ko‘rsatilgan davr ish stajiga qo‘shilmaydi
12Boshqa joyda ishlashXodim o‘rindoshlik asosida ishlashga haqli. Lekin o‘rindoshlikda 0.5 stavkadan ortiq ishlash mumkin emasIjrochi/Pudratchi bemalol ikkidan ortiq joyda ishlashi mumkin
13Mehnat daftarchasiBesh kundan ortiq ishlagan shaxslarga mehnat daftarchasi yuritiladi (o‘rindoshlar mustasno)Bunday qoida mavjud emas
 14Ta’sir chorasiO‘z majburiyatlarini bajarmaganda xodimga intizomiy ta’sir choralari qo‘llaniladi.O‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda zararni qoplash, neustoyka undirish mumkin
 15JavobgarlikXodim ish beruvchiga yetkazgan haqiqiy zarar qoplanadi. Bunda ham zarar miqdori chegaralanishi mumkin. Ya’ni xodimning o‘rtacha ish haqi miqdorida (to‘liq moddiy javobgarlik mustasno)Yetkazilgan zarar odatda to‘liq qoplanadi. Bundan FK 706-moddasida nazarda tutilgan holat mustasno qilinadi.
 16Shartnomani bekor qilishMehnat kodeksining 155-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra amalga oshiriladiTaraflarning kelishuvi hamda Fuqarolik kodeksining 382-385-moddalarida nazarda tutilgan asoslardagina bekor qilinishi mumkin
 17PensiyaMSh orqali ishlagan xodimlargagina ishlagan davriga mutanosib tarzda pensiya olish huquqiga ega bo‘lishadiFHSh esa ish staji hisoblanmasligi bilan bir qatorda pensiya olish huquqiga ega bo‘lishmaydi.  

*  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4502-sonli qarori bilan 2020-yil 1-yanvardan «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YaMMT” IDAK) joriy etilgan.

2020-yil 1-yanvardan birinchi marta ishga kirganlar mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqat xodimning elektron mehnat daftarchasiga kiritilmoqda.

Konsignatsiya shartnomasi

Kontrgarantiya yoki kontrgarant nima?

Negator daʼvo nima?

Ogohlantirish muddati

Vindikatsiya nima?

Fuqarolik huquqida restitutsiya

Fuqarolik huquqida konvolidatsiya

Culpa in Contrahendo Doktrinasi

Kreditorlar huquqlarini himoya qilish usullari: ex ante va ex post control

Fuqarolik huquqida sinallagmatik shartnomalar