Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan maktablar rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  06.05.2024-yildagi 263-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab, yangi tizimni samarali joriy etgan, ta’lim berish yo‘nalishida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan o‘qituvchilarga Davlat budjetidan lavozim maoshiga har oylik 40 foizgacha ustama berilishi belgilab qo‘yilgan.

Buning uchun, Rahbar va pedagog kadrlariga ustama to‘lanadigan umumta’lim maktablari ro‘yxatini shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalarida doimiy ravishda ishlaydigan Monitoring guruhlari tuziladi.

Shuningdek, Rahbar va pedagog kadrlariga ustama to‘lanadigan umumta’lim maktablari ro‘yxatini shakllantirish quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

a) I bosqichda Monitoring guruhi tomonidan baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablarning elektron jurnal ma’lumotlari asosida umumta’lim maktablari o‘quvchilarining yillik o‘rtacha baholari tahlil qilinadi hamda tegishli hududning jami umumta’lim maktablari soniga nisbatan eng yaxshi natija ko‘rsatgan birinchi 20 foiz umumta’lim maktablari saralab olinadi;

b) II bosqichda I bosqich doirasida saralab olingan umumta’lim maktablari Monitoring guruhi tomonidan quyidagi mezonlar asosida tahlil qilinadi:

  • baholashning yangi tartibi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilganligi hamda o‘quvchilar bilimi belgilangan mezonlar asosida baholanganligi;
  • baholash ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi;
  • fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalar BSB tahlillari olib borilganligi va o‘quvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlari tahlili;
  • so‘rovnomalar o‘tkazilganligi va ularning tahlili.

Ushbu ikkita bosqich doirasida jami to‘plangan ballardan kelib chiqib, ularning hududlar kesimidagi ro‘yxatini shakllantiradi hamda  I bosqich yakuni bo‘yicha saralab olingan va II bosqich doirasida tahlil qilingan 20 foiz umumta’lim maktablarining rahbar va pedagog kadrlariga ushbu maktablar tomonidan ikkita bosqich doirasida jami to‘plangan ballarga qarab quyidagi miqdorlarda ustama belgilanadi:

Saralab olingan umumta’lim maktablarining rahbar va pedagog kadrlariga to‘lanadigan ustama MIQDORI:

T/rUmumta’lim maktablariUstama miqdori
1.tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan ballar ketma-ketligida eng yaxshi natija ko‘rsatgan birinchi 5 foiz umumta’lim maktablari40 foiz
2.tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan ballar ketma-ketligida eng yaxshi natija ko‘rsatgan keyingi 10 foiz umumta’lim maktablari30 foiz
3.tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan ballar ketma-ketligida eng yaxshi natija ko‘rsatgan keyingi 15 foiz umumta’lim maktablari20 foiz
4.tahlil qilingan qolgan umumta’lim maktablari10 foiz

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari qanday taqdirlanadi?

Direktor va o‘rinbosarlar dars berishga haqlimi?

Pensioner o‘qituvchilar necha soat dars berishi kerak?

Dekretdan qaytgan o‘qituvchi kamroq dars oladimi?

Ayrim pedagog kadrlarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi, agar ular…