O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.06.2023 yildagi PQ-192-son Qaroriga asosan, tadbirkorlik subyeklari va jismoniy shaxslar uchun 2024-yil 1-iyulga qadar bir qancha soliq imtiyozlari belgilangan edi. Hozirda ushbu imtiyozlar o’z kuchini yo’qotdi. Jumladan:
2024-yil 1-iyunga qadar yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer solig‘ining uch karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibini to‘xtatib turilgan edi.
Bundan tashqari, 2023-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-iyulga qadar issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan ko‘p bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ma’lum shartlar asosida respublika budjetidan tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etilgan edi. Biroq hozirda ushbu ikki imtiyoz o’z kuchini yo’qotdi.