Neustoyka haqida yozma shaklda kelishuv tuzilishi kerak

Neustoyka bu majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash choralaridan biri hisoblanadi.

U yozma shaklda bo‘lishi kerak. Uning yozma shakliga rioya qilinmasa, kelishuv haqiqiy emas hisoblanadimi degan savol yuzaga keladi. Ushbu holatda bir qancha yo‘llarni ko‘rib chiqamiz.

Dastavval, Fuqarolik kodeksining 109-moddasiga ko‘ra bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi. Faqatgina Qonunda yoki taraflarning kelishuvida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi.

Bu borada FKning 115-moddasiga binoan, bitimning qonun talab qiladigan shakliga rioya etmaslik qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan holdagina uning haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi.

Yuqoridagi normalardan kelib chiqadiki qonunda yoki shartnomada “yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi” degan jumla bo‘lsagina shunday keyin u haqiqiy emas bo‘lib chiqadi.

Misol uchun, ko‘chmas mulkni sotish shartnomasi, bank omonati, bank hisobvarag‘i va boshqalar. Ammo neustoyka masalasida bunday jumla nazarda tutilmagan.

Bundan tashqari, FK 263-moddasiga binoan, neustoyka to‘lash taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan yoki tutilmaganligidan qat’i nazar, kreditor qonunda belgilangan neustoyka (qonuniy neustoyka)ni to‘lashni talab qilishga haqli.

Qonuniy neustoyka miqdori Xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risidagi qonunning 25-32-moddalarida nazarda tutilgan.

Bunda majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganda, kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 (0,4) foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko‘rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.

Shartnomada ushbu raqamlar oshirilishi yoxud kamaytirlishi mumkin.

Bundan kelib chiqadiki, neustoyka to‘lash haqidagi majburiyat belgilanmagan bo‘lsa ham taraflar qonuniy neustoykani to‘lashni talab qilaoladilar va u majburiyat bajarilmagan qismining 50 foizidan oshib ketmasligi shart.

Faktoring faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etish mumkin

Buyurtmachi tomonidan pudratchi tashkilot moliyaviy mukofotlanishi mumkin.

Yuridik shaxsning qanday turlari bor?

Er-xotinning nikoh davridagi mulklari ulardan biri vafot etganda avtomatik ikkinchisining nomiga o‘tib ketadimi?

Bankrotlik va to‘lovga qobiliyasizlik bir xil tushunchalarmi ?