O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ham, Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ham ularning shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari cheklab qo‘yilgan yani o‘xshash jihati cheklangan faoliyat:
O‘zini o‘zi band qilishda 101ta
YTTda 89 ta faoliyat turi bilan shug‘ullanishi ularning o`xshash jihatidir.
Shu bilan birga mazkur subyektlarning ayrim farqli jihatlari ham mavjud. Buni quyidagi jadval orqali ko‘rishingiz mumkin.
T/R | Farqi jihatlari | O‘zini o‘zi band qilgan shaxs | Yakka tartibdagi tadbirkor |
---|---|---|---|
1 | Subyektliligi | Tadbirkorlik subyekti emas. | Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasiga ko`ra tadbirkorlik subyekti sanaladi. |
2 | Soliq | Ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘laydi | daromad solig‘i hamda ijtimoiy soliq to‘laydi |
3 | Xodim yollash | yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga va tadbirkorlik subektlariga yollangan xodim sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishga haqli emas | qonunchilik hujjatlarida belgilangan faoliyat turlari bo‘yicha besh nafargacha xodimlarni yollash huquqi beriladi |