18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud

Mehnat kodeksining 354-moddasiga asosan, og‘ir ishlarda hamda zararli va xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning, shuningdek mazkur ishlar sog‘lig‘iga to‘g‘ri kelmaydigan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.07.2023-yildagi 290-son Qaroriga  muvofiq, 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foylanish taqiqlangan ishlar ro‘yxati tasdiqlandi.

E’tiborlisi, ushbu Qarorda novvoy, xamir qoruvchi, go‘sht mahsulotlarini kesuvchi, naqqosh va muzqaymoq tayyorlovchi kabi ishlar ham mavjuddir.

Shu o‘rinda qayd etish lozimki, yuqorida qayd etilgan qarordagi ishlarga 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga olish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 491-moddasida binoan javobgarlikka sabab bo‘ladi

Bu esa bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solisnishiga asos bo‘ladi.

Mehnat qonunchiligida mansabdor shaxsning moddiy javobgarligi qanday?

Mehnat munosabatlarining subyektlari (yoki MK 19-moddasi sharhi)

FHSHni mehnat shartnomasi deb topish asoslari

Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nimalar kiradi?

Noqonuniy ishdan bo’shatishning huquqiy oqibatlari

Ogohlantirish muddati

Ayrim tumanlarda ish haqlari naqd pulda berilishini bilasizmi?

Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi

Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi

Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga qanday imtiyozlar berilgan?