«Yoshlar daftari»ga kiritilganlar yoshlar uchun qanday imtiyozlar bor?

Hech kimga sir emaski, yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko’lami yildan-yilga oshib bormoqda.

Yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tamonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha ham bir qator muhim ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu ishlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022-yildagi 312-son Qarori qabul qilindi hamda yoshlar uchun yana bir qator imtiyozlarni belgilab berdi.

Hozirda yuqoridagi Qarorga asosan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar bilan tanishtirib o’tamiz.

Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘laridan foydalangan holda ajratiladigan subsidiyalar

T/rFaoliyat turlariSubsidiya miqdori
1Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchunBHMning 4 baravarigacha miqdorda
2Dehqonchilik va tomorqa xo‘jaligini yuritish bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchunBHMning 8 baravarigacha miqdorda
3Tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilishgaBHMning 40 baravarigacha miqdorda
4Zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha olti oygacha muddatli o‘quv kurslar uchunHar oyda BHMning 4 baravarigacha miqdorda
5Itimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olti oygacha muddatli o‘quv kurslari uchunHar oyda BHMning 1 baravarigacha miqdorda
6Ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchunBHMning 4 baravarigacha miqdorda
7Timoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning alqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchunBHMning 40 baravarigacha miqdorda
8Ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan ta’lim tashkilotlarining uch oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchunBHMning 50 baravarigacha miqdorda
9Moddiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 30 yoshdan oshmagan bemor fuqarolarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchunBHMning 50 baravaridan oshmagan
10Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badali uchunBadalning to’liq miqdorida
11ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oyda turar joy ijarasi uchunBHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda 12 oygacha


Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud