Xususiy maktablarga imtiyozlar mavjud

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  31.01.2024-yildagi PQ-49-son Qaroriga asosan, nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tashkil qilgan tadbirkorlarga bir qancha imtiyozlar belgilab qo‘yilgan.

 Jumladan, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

  • nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi;
  • nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki o‘zining bino va inshootlarida umumiy o‘rta ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subektlariga 5 yil muddatga ushbu ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kommunal xarajatlarining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladi;
  • 2030-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslarga o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning foyda solig‘ini hisoblashda ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.

Shu bilan birga, nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul o‘qishga qabul qilish bo‘yicha lisenziya talablari bajarilmagan taqdirda, mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyoz va kompensatsiyalar summasi ushbu tashkilot tomonidan Davlat budjetiga qaytariladi.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bogʻchalarga subsidiya ajratiladi

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig‘i 50 foizga kamaytirilgan

Faktoring faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etish mumkin

Buyurtmachi tomonidan pudratchi tashkilot moliyaviy mukofotlanishi mumkin.

Qonunchilikda tadbirkorlarga ayrim iqtisodiy qulayliklar yaratilmoqda

Alkogol masulotlarini ishlab chiqarishga doir yangi lisenziya talablari joriy etilmoqda

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi

Oilaviy mehmon uylari uchun qanday majburiy sharoitlarni yaratishlari kerak?

Tadbirkorlik subyektlari davlat organlariga qanday hisobotlar taqdim etishlar lozim?

2025-yil 1-yanvarga qadar ayrim mahsultlariga nol stavkali bojxona boji qo‘llaniladi.