Qanday hollarda ichki ishlar organlari xodimlari shaxsni ushlab turish uchun(idoraga) olib ketishlari mumkin?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 285-moddasiga muvofiq, ma’muriy huquqbuzarlikni to‘xtatish, huquqbuzarning shaxsini aniqlash, basharti bayonnoma tuzish zarur bo‘lib, uni huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida tuzish imkoni bo‘lmagan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish, ishlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqilishini ta’minlash va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish maqsadida mazkur shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga yo‘l qo‘yiladi.

Ushlab turish muddati uch soatdan ortiq davom etishi mumkin emas.

Biroq, MJTKning 288-moddasida ba’zi istisnolar bor, ya’ni:

o‘zining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirgan shaxslar huquqbuzarlik sodir etganda;

yoxud yuqoridagi modda 3-qismida sanalgan jinoyatlar sodir etganda jinoyat ishlari bo‘yicha sud yoki ichki ishlar organi boshlig‘i (boshliq o‘rinbosari) tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar, lekin 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga ushlab turilishi mumkin.

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

O‘zboshimchalik bilan yo‘llarda yoki ko‘chalarda sun’iy to‘siqlar o‘rnatgan shaxslarga ham javobgarlik mavjud

Yaqinda uy oldim uyni nomimga o‘tkazmasam nima bo’ladi?

Mastlik holati aniqlangan haydovchining guvohnomasi voqea joyida olib qo‘yiladimi yoki sudning qaroriga asosan olib qo‘yiladimi?

PPX xodimlari qanday huquqbuzarliklar uchun ma’muriy bayonnoma tuzishlari mumkin?