2025-yil 1-yanvarga qadar ayrim mahsultlariga nol stavkali bojxona boji qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.03.2023-yildagi PF-41-son Farmoniga asosan, aholining xarid qobiliyatini mustahkamlash, asosiy turdagi oziq-ovqat va iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash maqsadida 2025-yil 1-yanvarga qadar ayrim oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda nol stavkali bojxona boji joriy etildi.
Ushbu mahsulotlari ro‘yxati bilan quyidagi jadval orqali tanishib olishingiz mumkin:
2025-yil 1-yanvarga qadar tovarlarni olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi belgilanadigan tovarlar
RO‘YXATI
№ | TIF TN kodi | Tovarlarning nomlanishi |
---|---|---|
1. | 0203, 0208, 0209 | Yangi so‘yilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan cho‘chqa go‘shti; boshqa go‘sht va go‘shtli oziq-ovqat submahsulotlari; tuzli eritmada tuzlangan, quritilgan yoki dudlangan, eritib yoki boshqa usul bilan ajratib olinmagan cho‘chqa yog‘i, go‘shtdan ajratib olingan yog‘ va uy parrandasi yog‘i |
2. | 0403 | Yogurt; paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq va boshqa fermentlangan yoki achitilgan sut va qaymoq, quyultirilgan yoki quyultirilmagan, shakar yoki boshqa shirin ta’m beruvchi moddalar qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, xushbo‘y ta’mli qo‘shimchalar qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, kakao, yong‘oq, mevalar qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan |
3. | 0406 | Pishloq va tvoroglar |
4. | 0408 | Yangi, quritilgan, qaynatilgan yoki bug‘da pishirilgan, formalangan, muzlatilgan yoki boshqa usullar bilan konservatsiya qilingan, shakarli yoki shakarsiz, boshqa shirin ta’m beruvchi moddalarsiz qobiqsiz tuxum va tuxumning sarig‘i |
5. | 0703* | Sholg‘omsimon dumaloq piyoz, shalot piyozi, sarimsoqpiyoz, piyoz-porey va boshqa piyozli sabzavotlar‚ yangi yoki sovitilgan |
6. | 0705* | Salat latuk (Lactuca sativa) va tsikoriy (Cichorium spp.), yangi yoki sovitilgan |
7. | 0713 | Dukkakli sabzavotlar, quritilgan, tozalangan, urug‘langan yoki tozalanmagan, bo‘lingan yoki bo‘linmagan |
8. | 0804 | Yangi yoki quritilgan xurmo (finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya |
9. | 0808 | Yangi olma, nok va behi |
10. | 0810 | Boshqa yangi mevalar |
11. | 1102 | Bug‘doy yoki javdardan tashqari g‘alla donidan un |
12. | 1103 | G‘alla don donalaridan yorma, yirik tortilgan un va granulalar |
13. | 1105 | Nozik va dag‘al un, kukun, bo‘laklar, kartoshka granulalari |
14. | 1106 | 0713 tovar pozitsiyadagi quritilgan dukkakli sabzavotlarning yirik va mayda tortilgan un va kukunlari, 08 guruhdagi mahsulotlari yoki 0714 tovar pozitsiyasidagi sago palmasining yuragi, ildizlari yoki ildiz mevalari |
15. | 1108 | Kraxmal; inulin |
16. | 1513 | Kokos (kopra), palma yadrosi yoki babassu moylari va ularning fraksiyalari, rafinadlangan yoki rafinadlanmagan, lekin kimyoviy tarkibi o‘zgartirilmagan: |
17. | 1602 | Tayyor yoki konservalangan go‘sht mahsulotlari, yarim tayyor go‘sht, qon yoki hasharotlar mahsulotlari |
18. | 1604 | Tayyor yoki konservalangan baliq; baliq tuxumidan tayyorlangan osyotr ikrasi va uning o‘rnini bosuvchi moddalar |
19. | 1703 | Shakarni olish yoki tozalash natijasida hosil bo‘lgan shinni |
20. | 1704 | Tarkibida kakao bo‘lmagan qandolat mahsulotlari (shu jumladan, oq shokolad). |
21. | 1806 | Kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari |
22. | 1902 | Issiqlik ishlovi berilgan yoki berilmagan, ichi to‘ldirilgan (go‘sht va boshqa mahsulotlar bilan) yoki to‘ldirilmagan hamda boshqa usulda tayyorlangan yoki tayyorlanmagan, spagyetti, makaronlar, ugra (lapsha), lazanya, kletski, ravioli, kannelloni kabi makaron mahsulotlari; kuskus, tayyorlangan yoki tayyorlanmagan |
23. | 1905 | Tarkibida kakao bo‘lgan yoki bo‘lmagan non, xamirli qandolat mahsulotlari, pirojniylar, pechenye va boshqa non-bulochka hamda xamirli qandolat mahsulotlari; vaflilar, farmatsevtikada kerak bo‘ladigan bo‘sh kapsulalar, yopishtirish uchun vaflili kapsulalar, guruchli qog‘oz va shunga o‘xshash mahsulotlar |
24. | 2004 | Sirka yoki sirka kislotasi qo‘shilmagan holda tayyorlangan, konservalangan yoki muzlatilgan boshqa sabzavotlar |
25. | 2005 | Sirka yoki sirka kislotasi qo‘shilmagan holda tayyorlangan, konservalangan yoki muzlatilmagan boshqa sabzavotlar |
26. | 2007 | Issiqlik bilan ishlov berish yo‘li bilan olingan, shu jumladan, shakar yoki boshqa shirin ta’m beruvchi moddalar qo‘shilgan murabbolar, mevali jele, marmeladlar, meva yoki yong‘oq pyuresi, meva yoki yong‘oq pastalari |
27. | 2008 | Boshqa usulda tayyorlangan yoki konservalangan mevalar, yong‘oqlar va o‘simliklarning boshqa iste’mol qilinuvchi qismlari, tarkibida shakar yoki shirin ta’m beruvchi moddalar yoki spirt qo‘shimchalari mavjud bo‘lgan yoki mavjud bo‘lmagan, boshqa joyda nomi ko‘rsatilmagan yoki kiritilmagan |
28. | 2101 | Qahva, choy yoki paragvay choyi yoki mate, aragvay choyining ekstraktlari, essensiya va konsentratlari hamda qahva, choy yoki mate yoki paragvay choyi asosidagi tayyor mahsulotlar; qovurilgan tsikoriy va boshqa qovurilgan qahva o‘rnini bosuvchi moddalar va ulardan ekstraktlari, essensiyalari va konsentratlari |
29. | 2103 | Souslar tayyorlash uchun mahsulotlar va tayyor souslar; ta’mli qo‘shimchalar va aralash ziravorlar; xantal kukuni va tayyor xantal |
30. | 2104 | Tayyor sho‘rvalar va bulonlar va ularni tayyorlash uchun “yarim tayyor mahsulotlar”; gomogenlashtirilgan tarkibli tayyor oziq-ovqat mahsulotlari |
31. | 2201 | Suvlar, shu jumladan, tabiiy yoki sun’iy mineral, gazlangan, shirin ta’m beruvchi moddalar yoki xushbo‘y ta’mli qo‘shimchalar qo‘shilmagan |
32. | 2202 | Suvlar, shu jumladan, mineral va gazlangan, shirin ta’m beruvchi moddalar yoki xushbo‘y ta’mli qo‘shimchalar qo‘shilgan, boshqa alkogolsiz ichimliklar |
33. | 3305 | Soch uchun vositalar |
34. | 3307 | Soqol olishdan oldin, soqol olishda va soqol olgandan so‘ng ishlatiladigan vositalar, individual qo‘llash uchun dezodarantlar, vanna qabul qilish uchun birikmalar, tuklarni tushirish uchun vositalar va boshqa attorlik, kosmetik yoki boshqa pardoz vositalari, boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan; xonalar uchun dezodorantlar, xushbo‘ylashtirilgan yoki xushbo‘y qilinmagan, dezinfeksiyalash xususiyatiga ega yoki ega emas |
35. | 6111, 6209 | Bolalar kiyimi va bolalar kiyimlari uchun jihozlar |
36. | 6402999100, 6403511100, 6403519100, 6403593100, 6403599100, 6403911100, 6403919100, 6403993100, 6403999100 | Patak uzunligi 24 sm dan kam bo‘lgan poyabzal |
*Bojxona bojining nol stavkalari 2023-yil 1-sentabrga qadar qo‘llanilgan.
Categories:
Biznes huquqi