“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari qanday taqdirlanadi?

Bugun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining final bosqichida:

🥇Jizzax viloyati, Jizzax shahri 22-maktab jamoasi 1-o‘rinni,

🥈Namangan viloyati, Chortoq tumani 53-IDUM jamoasi 2-o‘rinni,

🥉Toshkent shahri, 110-IDUM jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumki, mazkur ko‘rik tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar maxsus pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori 2-bandiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tanlovda g‘olib bo‘lgan maktablarni bir martalik pul mukofotlari Respublika bosqichida quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

•  1-o‘rin uchun — 500 million so‘m;

•  2-o‘rin uchun — 400 million so‘m;

•  3-o‘rin uchun — 300 million so‘m.

Haqli savol tug‘iladi, xo‘sh mazkur pul mukofoti qanday taqsimlanadi? O‘quvchilarga ham ushbu puldan ulush tegadimi?

Yuqoridagi qarorga 2-ilovada tasdiqlangan Nizomning 36-bandiga muvofiq g‘olib maktabning budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar ya’ni mukofot summasining 25 foizigacha bo‘lgan qismi tanlovda qatnashib yuqori natijalar ko‘rsatgan terma jamoa a’zolari bo‘lgan o‘quvchilarni esdalik sovg‘alar yoki naqd pul shaklida rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.

Shuningdek, ushbu bandga ko‘ra g‘olib maktabning budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar quyidagicha yo‘naltiriladi:

•  tanlov shartlariga ko‘ra asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha maktabning yuqori baholanishiga hissa qo‘shgan hamda o‘quvchilarni tanlovga tayyorlagan xorijiy tillar o‘qituvchilarini rag‘batlantirish uchun — mukofot summasining 25 foizigacha;

•  maktabning boshqa ehtiyojlari, jumladan, tanlovning keyingi bosqichiga tayyorgarlik uchun zarur xarajatlar, xorijiy tillarni o‘qitishni yanada yaxshilash uchun shart-sharoitlar yaratish, maktab kutubxonasini xorijiy tildagi ilmiy, badiiy adabiyotlar bilan boyitish, o‘quvchilarning xorijiy tilda tinglab tushunish ko‘nikmalarini baholashga ko‘maklashuvchi texnik vositalar bilan fan kabinetlarini jihozlash uchun — mukofot summasining qolgan qismi.

Qonunchilikda o‘qituvchi va murabbiylarga qanday imtiyozlar belgilangan?

Direktor va o‘rinbosarlar dars berishga haqlimi?

Pensioner o‘qituvchilar necha soat dars berishi kerak?

Dekretdan qaytgan o‘qituvchi kamroq dars oladimi?

Ayrim pedagog kadrlarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi, agar ular…

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablar rag‘batlantiriladi

Maktabgacha ta’lim xodimlari bazaviy tarif stavkalari miqdorlari qancha?

DMTT pedagog xodimlari haftalik ish yuklamasining miqdori qancha?

Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan maktablar rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama beriladi

Maktab rahbar xodimlari hamda MTT direktorlari har oyda 30 foiz ustama olishlari mumkin