Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bogʻchalarga subsidiya ajratiladi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, MTT da tahsil olayotgan tarbiyalanuvchilarning qamrovini kengaytirish hamda olis hududlarda ham ularning faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida respublika davlat budjetida MTT larga subsidiyalar ajratish tartibi yoʻlga qoʻyilgan.

Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 02.08.2022-yildagi 426-son Qaroriga asosan, DXSh asosidagi MTTga (oilaviy MTT bundan mustasno) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi subsidiyalar toʻlanadi:

a) DXSh asosidagi MTTga ushbu tashkilotlarda taʼlim olayotgan har bir bola uchun 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan xarajatlar summasiga nisbatan:

  • Toshkent shahrida – 30 foiz (2023-yil 1-yanvarga qadar, istisno tariqasida, Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi “Gulzor”, “Jaloir” “Toshkent”, “Xoʻja Uchqun” va “Chortoq” mahalla fuqarolar yigʻinlarida faoliyat koʻrsatayotgan hamda yangi tashkil etiladigan nodavlat MTTga 50 foiz) miqdorida;

  • Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida – 40 foiz miqdorida;

  • olis va chekka hududlarda joylashgan DXSh asosidagi MTTda – 75 foiz miqdorida;

  • qolgan hududlarda — 50 foiz miqdorida;

b) Olis va chekka hududlarda joylashgan DXSh asosidagi MTTda (oilaviy MTTlar bundan mustasno) «Yoshlar daftari», «Temir daftar» yoki «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun mazkur daftarlar jamgʻarmalari hisobidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya toʻlanadi.

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig‘i 50 foizga kamaytirilgan

Faktoring faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etish mumkin

Buyurtmachi tomonidan pudratchi tashkilot moliyaviy mukofotlanishi mumkin.

Qonunchilikda tadbirkorlarga ayrim iqtisodiy qulayliklar yaratilmoqda

Alkogol masulotlarini ishlab chiqarishga doir yangi lisenziya talablari joriy etilmoqda

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi

Oilaviy mehmon uylari uchun qanday majburiy sharoitlarni yaratishlari kerak?

Tadbirkorlik subyektlari davlat organlariga qanday hisobotlar taqdim etishlar lozim?

2025-yil 1-yanvarga qadar ayrim mahsultlariga nol stavkali bojxona boji qo‘llaniladi.

Tadbirkorlik subyektlari barqarorlik reytingining qanday afzalliklari mavjud?