Faktoring. U nima? Qanday ishlaydi?

Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik huquqlarini himoyalash va ularga iloji boricha koʻplab imkoniyatlar yaratish maqsadida xalqaro tajribalarni oʻrganish orqali turli xil samarali metodlar qonunchilikka implementatsiya qilinmoqda. Ushbu tizimlardan bittasi – faktoring.

 Faktoring — xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yetkazib beruvchilarni (mijoz) moliyalashga doir bank xizmatlarining bir turi boʻlib, bunda ular bank — moliyaviy agentga yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovchilar (toʻlovchi) tomonidan akseptlangan, lekin toʻlov talabnomalari boʻyicha haqi toʻlanmagan toʻlovni, regress huquqisiz, olish huquqini beradilar. 

Misol uchun, siz yirik savdo doʻkonlariga tuxum mahsulotini yetkazib beruvchisiz. Siz oʻz mahsulotingizni mijozga 10 kunlik muddatda pulini toʻlash sharti bilan yetkazib berasiz va shu vaqt davomida yetkazib berilgan mahsulot uchun toʻlovni kutasiz. Lekin mijoz koʻp hollarda toʻlovni belgilangan muddatdan kechga qoladi va bu sizning aylanma mablagʻingizni muzlatib qoʻyadi va ish samaradorligini qisman buzilishiga olib keladi.

Bu yerda siz faktoring kompaniyasi, masalan, bank mikromoliya tashkiloti yoki boshqa faktoring sohasi bilan shugʻullanuvchi tashkilotga murojaat qilishingiz mumkin. Bunda faktoring tashkiloti yetkazib beruvchiga kelishilgan summani, masalan, 4% chegirma bilan (toʻlovchi oʻrniga) toʻlab beradi. Bunday vaziyatda hamma yutadi: chakana sotuvchi tovarni oladi, yetkazib beruvchi oʻz pulini oladi, faktoring kompaniyasi oʻz komissiyasini — partiya uchun toʻlangan va qoplangan summa oʻrtasidagi farqni oladi.

Prezidentning 2024-yil 12-avgust kuni Oʻzbekistonda faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish toʻgʻrisidagi 109-sonli farmoni imzolangan. 

Farmonga koʻra, faktoring tashkilotlari nobank kredit tashkiloti sifatida Markaziy bankda roʻyxatdan oʻtgandan keyin ushbu faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin.

Hozirda Markaziy bank Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan birgalikda faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari

Kvazi yuridik shaxslar

Fuqarolik huquqida elektron shaxs konsepsiyasi

Smart kontraktlar

Oʻzgartirish mulk huquqining vujudga kelishining asosi sifatida

Kontrfakt tovarlar boʻyicha huquqiy himoya nimalardan iborat

Fuqarolik huquqida estoppel

Turdosh huquqlar

Mualliflik huquqi

Sanoat mulki obyektlari