Skip to main content

Qisqarish sababli ishdan bo’shayotgan xodimda qanday huquqlar bor?

Qisqartirish! Bu xodimlar uchun juda noqulay eshitiladigan va ularning ko‘nglini hijil qiladigan tushuncha bo‘lsa, kerak. Negaki, bu jarayon ko‘p holatlarda adolatlik, bir taraflamalik, noxolislik bilan o‘tkaziladiki, natijada anchagina xodimlarning tinchligi, mehnat huquqlari poymol etiladi.

Aksariyat holatlarda qisqartirish munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda Mehnat kodeksida aniq belgilab qo‘yilgan qoidalar buziladi. Bu esa o‘z navbatida xodimlarga ham, ish beruvchilarga ham bir qator noqulayliklar, sudma-sud yurish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.

Ushbu masalada huquq sohasi vakillarining doimiy tushuntirishlari turli ijtimoiy tarmoqlarda berilsa-da, ularga quloq tutadigan, rioya qiladigan ish beruvchilar unchalik ko‘p bo‘lmaydi.

Kuni kecha e’lon qilingan qisqartirishlar haqidagi loyiha ham ma’qullanib kuchga kirsa, joylarda yuqorida aytilgan muammolarni boshlanishiga sabab bo‘ladi.

Bu jarayonda esa xodimlarga ularning ko‘plab huquqlari borligini ma’lum qilamiz.

Dastlab shuni aytish kerakki, ham qisqartirish haqida ogohlantirish xati berib, ham xodimdan ariza olish mutlaqo noto‘g‘ri. Bunda ishdan bo‘shatish asoslari o‘zgarib ketadi.

Shuning uchun xodimlarga agar sizning shtatingiz qisqarishga tushgan bo‘lsa, ariza yozmang! Negaki bunda sizni o‘z xohishingiz bilan ishdan bo‘shatib yuborishadi hamda siz o‘zingizga tegishli qator huquqlardan mosuvo bo‘lasiz.

Demak, qisqartirish kelgan vaqtda xodimlarning qanday huquqlar bor.

Xodimning huquqlariHuquqiy asos
 1Yozma ravishda ogohlantirish xati olish. Bunda xodimga berilgan kamida 2 oylik ogohlantirish davrida unga ish qidirish uchun haftada 1 kun ish haqi saqlangan holda bo‘sh ish kuni ajratiladi.Mehnat kodeksi 165-moddasi birinchi va to‘rtinchi qismlari
 2Kasaba uyushmasi bilan kelishish. Bunda ish beruvchi xodim bilan tuzilgan m.sh.ni bekor qilish haqida K.U.ga taqdimnoma chiqaradi. Kasaba uyushmasi rozilik bergan taqdirda bu haqida qaror qabul qilinadi va mazkur qaror ish beruvchiga taqdim etiladi. Ish beruvchi ushbu qarorni olgandan so‘ng 1 oydan kechiktirmay m.sh.ni bekor qilish kerak. K.U. majlisida xodimning o‘zi bevostida ishtirok etish huquqiga ega.Mehnat kodeksi 164-moddasi
 3Imtiyozli huquqdan foydalanish. Qisqartirish kelganda ish beruvchi xodimlarni ishda olib qolish bo‘yicha majburiyatni bajarishi shart. Bunda xodimlar ayrim imtiyozlarga ega bo‘ladi. Xususan, malakasi va mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan xodimlar ishda qolishda ustun mavqega ega. Aytish kerakki, bunda ko‘p yillik stajga ega bo‘lish, oilaga yagona boquvchi bo‘lish, qaramog‘ida voyaga yetmagan bolalari mavjudligi, nogironligi bo‘lishi ishda qolishda imtiyoz taqdim etadi. Bu haqida MKda batafsil qoidalar belgilangan.Mehnat kodeksi 167-moddasi
 4Ish beruvchi boshqa ish taklif qilishi shart. Bunda ish beruvchi qisqartirishga tushgan shtatlardagi xodimlarga o‘zining mutaxassisligi, malakasiga mos bo‘lgan, agar bunday lavozim bo‘lmasa, korxonada mavjud bo‘sh har qanday lavozimni taklif etishi lozim. Bu taklif yozma ravishda bo‘lishi talab etiladi.Mehnat kodeksi 144-moddasi
 5Ishdan bo‘shatish haqidagi buyruq bilan tanishish. Ish beruvchi xodim bilan tuzilgan m.sh.ni bekor qilish haqida tegishli buyruq chiqarishi talab etiladi. Mazkur buyruqda shartnomasini bekor qilish asoslari aniq yozilishi shart (masalan Mehnat kodeksi 161-moddasi birinchi qismi 2-bandi). Ikkinchidan, xodim mazkur buyruq bilan tanishib, uning bir nusxasini hamda mehnat daftarchasini yoki elektron m.d. nusxasini olishi kerak. Bularni taqdim etish ish beruvchining majburiyati.  Mehnat kodeksi 170-, 171-moddalari
 6Hisob-kitob qilish. M.sh. bekor qilingan kunda xodimga shu kungacha bo‘lgan to‘lanmagan ish haqi to‘lanishi shart. Bu to‘lov m.sh. bekor qilingan kunning o‘zida to‘lanishi talab etiladi. Shuningdek, xodim oy, chorak, yil yakunlari bo‘yicha mukofotlarni olish huquqiga ham ega.Mehnat kodeksi 172-moddasi
 7Foydlanilmagan ta’til uchun kompensatsiya olish. Xodim ishdan bo‘shaydigan vaqtigacha foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar mavjud bo‘lsa, ular uchun kompensatsiya berilishi shart.Mehnat kodeksi172-, 234-moddalari
 8Ishdan bo‘shatish nafaqasi olish. Eski MKda ishdan bo‘shatish nafaqasi xodimning o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida to‘lanishi belgilangan edi. Biroq yangi MKda ushbu nafaqa miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi:
– uch yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan;
– uch yildan besh yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan;
– besh yildan o‘n yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining yuz foizidan;
– o‘n yildan o‘n besh yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining bir yuz ellik foizidan;
– o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining ikki yuz foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Mehnat kodeksining 173-moddasi
 9Qo‘shimcha kafolat olish. Ya’ni qisqartirish sababli m.sh. bekor qilingan taqdirda, ish qidirish davrida o‘rtacha oylik ish haqining ishdan bo‘shatish nafaqasi hisobga olingan holda, biroq ko‘pi bilan ikki oyga saqlanib qolishi xodimlar uchun kafolatlanadi. Soddaroq aytganda, xodim qo‘shimcha 2 oylik o‘rtacha ish haqini olish huquqiga ega.Mehnat kodeksi 100-moddasi birinchi qismi.
 10Qo‘shimcha kafolat olish. M.sh. yuqoridagi asos bilan bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, ular mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma bo‘yicha uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqini olish huquqiga ega.Mehnat kodeksi 100-moddasi to‘rtinchi qismi
 11Quyidagi xodimlar qisqarish kelganda ham ishdan bo‘shatilmaydi:
– vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida bo‘lgan;
– xizmat safarida davrda bo‘lgan;
– homilador yoki uch yoshgacha bolasi bo‘lgan xodimlar. Bunda uch yoshgacha bolasi bo‘lgan xodimlar MK 409-moddasi asosida ishdan bo‘shatilishi mumkin.
Mehnat kodeksi 162-moddasi
 12Sudga murojaat qilish. Ishdan bo‘shatishni g‘ayriqonuniy deb hisoblagan xodim avvalgi ishini taqdim etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqida fuqarolik sudiga da’vo qilish huquqiga ega.  Mehnat kodeksi 174-moddasi
 13Ishga tiklangan taqdirda kompenstatsiya olish. M.sh. g‘ayriqonuniy bekor qilingan deb topilib, xodim ishga tiklanganda xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda ma’naviy ziyon uchun kompensatsiya undirish xodimning huquqlaridan biri.Mehnat kodeksi 174-moddasi

Shuni aytish kerakki, ish beruvchi biz yuqorida keltirganlardan birortasiga amal qilmagan taqdirda, xodimning ishta tiklanish imkoniyati anchagina yuqori bo‘ladi.

Categories: Blog