
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday xizmatlari ko’rsatiladi?
Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy davlat hisoblanadi va oʻz hududida barcha fuqarolar uchun yaxshi yashash sharoitini ta’minlab beradi. Buni biz Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 57-moddasining 3-qismida belgilangan norma orqali koʻrishimiz mumkin.
Ushbu normaga ko‘ra davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi, ularning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashadi, ularga zarur bo‘lgan axborotni to‘sqinliksiz olish imkoniyatini ta’minlaydi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari haqida toʻxtalib oʻtamiz.
Reabilitatsiya va abilitatsiya. Reabilitatsiya va abilitatsiyaning asosiy maqsadi:
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘laqonli hayot tarzini yuritish, huquqlari va imkoniyatlarini amalga oshirish, mustaqil yashash, kasbiy faoliyat va o‘ziga xizmat ko‘rsatish qobiliyatlarini tiklash va rivojlantirish.
Davlat tomonidan kafolatlanadigan xizmatlar:
- ✔️Tibbiy reabilitatsiya – tana a’zolari va tizimlarining buzilgan yoki yo‘qolgan funksiyalarini tiklash.
- ✔️ Ijtimoiy reabilitatsiya – mustaqil yashash, ijtimoiy maqomni tiklash va jamiyatga moslashish.
- ✔️ Kasbiy reabilitatsiya – kasbga yo‘naltirish, o‘qitish, ishga joylashtirish va kasbiy ko‘nikmalarni tiklash.
- ✔️ Jismoniy reabilitatsiya – sport va jismoniy tarbiya orqali sog‘lomlashtirish.
Reabilitatsiya qanday amalga oshiriladi?
- ➖ Har bir shaxs uchun yakka tartibdagi dastur asosida
- ➖ Davlat muassasalarida bepul tarzda
- ➖ Tibbiy, ijtimoiy, kasbiy va jismoniy yo‘nalishlarda
Abilitatsiya nima?
abilitatsiya bu tug‘ma yoki rivojlanmagan funksiyalarni shakllantirish orqali jamiyat hayotiga moslashishga yordam beruvchi xizmatlar majmuasi.
Abilitatsiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ➖ Tibbiy, ijtimoiy, psixologik va pedagogik tuzatish choralari
- ➖ Xavf guruhidagi bolalarga erta aralashuv
Xavf guruhidagi bolalar kimlar?
3 yoshgacha bo‘lgan, zarur xizmatlar ko‘rsatilmasa jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda kechikish xavfi mavjud bo‘lgan bolalar.
Abilitatsiya xizmatlarini kimlar ko‘rsatadi?
- ➖ Tibbiy-ijtimoiy tashkilotlar
- ➖ Ixtisoslashgan tuzatish xizmatlari
- ➖ Malakali xodimlar tomonidan, bolalarning ehtiyojlariga mos tarzda.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va abilitatsiya qilish — ularning jamiyatda munosib yashashi, mustaqil hayot kechirishi va o‘z imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishi uchun muhim shartdir. Davlat bu borada keng ko‘lamli yordam va xizmatlarni kafolatlaydi.