Skip to main content

Suyunchi puli kimlarga to‘lanadi?

Farzand dunyoga kelishi har bir oilaning hayotidagi eng katta quvonchdir. Shu sababli, davlatimiz ushbu quvonchli voqeani rag‘batlantirish va oilaviy byudjetga bir oz yengillik kiritish maqsadida “suyunchi puli” deb ataladigan bir martalik nafaqa to‘lab kelmoqda. Biroq, bu nafaqa barcha holatlarda ham to‘lanavermasligi ko‘pchilik uchun kutilmagan hol bo‘lishi mumkin.

2024 yil 1 apreldan boshlab ushbu masalada tartib o‘zgardi. Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 4 martdagi qaroriga muvofiq, quyidagi yangi tartib joriy etildi:

  • Birinchi farzand tug‘ilganda – barcha ayollarga ushbu nafaqa to‘lanadi.
  • Ikkinchi farzand tug‘ilganda – faqatgina “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan oilalargagina ushbu nafaqa tayinlanadi.

Demak, ayol “Ijtimoiy himoya reyestri”da mavjud bo‘lmasa, ikkinchi farzand uchun suyunchi puli olinmaydi. Hozirgi tartibga ko‘ra, ko‘pchilik hollarda bir martalik nafaqa faqat birinchi farzand uchun to‘lanadi. Ikkinchi yoki undan keyingi farzandlar uchun esa, oilaning ijtimoiy holatidan kelib chiqib, faqat ayrim shartlar ostida beriladi.

Nafaqani olish tartibi: Bolaning onasi yoki otasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bola tug‘ilganidan boshlab 1 oy ichida AT “Xalq banki”ning istalgan filialiga murojaat etadi.

Bir martalik nafaqa miqdori: Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foiziga teng bo‘lib, 2025-yil aprel holatiga ko‘ra bu – 811 965 so‘mni tashkil etadi.