Skip to main content

Qancha miqdordagi tovarlarni bojxona to‘lovisiz olib kirishi mumkin?

Bugungi kunda xorijga sayohat qiluvchilar yoki onlayn buyurtma beruvchilar soni ortib bormoqda. Lekin har safar: “Qancha miqdorgacha tovar olib kelsam, bojxona to‘lovini to‘lamayman?” degan savol ko‘pchilikni qiziqtiradi.

O‘zbekiston qonunchiligida bu borada aniq me’yorlar belgilangan. Quyida sizga qanday tovarlar, qancha miqdorda va qanday sharoitda bojxona to‘lovisiz olib kirilishi mumkinligi haqida qisqacha va tushunarli ma’lumot beramiz.

Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 19 apreldagi 244-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston hududiga bojxona to‘lovlarisiz olib kiriladigan tovarlar uchun yangi normativlar belgilandi. Mazkur tartib 2025 yil 1 maydan boshlab kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, bojsiz olib kirish normalari quyidagicha belgilangan:

  • ➖Xavo transportida — 1 000 AQSH dollari
  • ➖Temir yo‘l va daryo transportida — 500 AQSH dollari
  • ➖Avtomobil(piyoda) o‘tkazish punktlarida — 300 AQSH dollari
  • ➖Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali — 200 AQSH dollari
  • ➖Xalqaro pochta jo‘natmalari orqali — 100 AQSH dollari

Shuningdek, qarorga muvofiq fuqarolar tomonidan qiymati $5000 miqdoridagi tovarlar bojxona deklaratsiyasini taqdim etmagan holda mamlakatdan olib chiqilishi mumkin. Biroq, bu norma eksport boji joriy etilgan tovarlarga tatbiq etilmaydi.

Undan tashqari mazkur qaror bilan, tovarlarni bojsiz olib kirish normasi qo‘llanilishi uchun fuqarolarning xorijda bo‘lish muddati belgilangan.Tartib quyidagicha:

  • ➖temiryo‘l va daryo transportida hamda avtomobil o‘tkazish punktlari orqali tovarlarni olib kirishda – kamida 2 kun
  • ➖havo transporti orqali qaytishda — kamida 3 kun

Undan tashqari ayrim mahsulotlar uchun mahsus miqdoriy normalar belgilangan:

Tovar nomiCheklangan miqdor (soni, hajmi)
1Alkogol mahsulotlari (pivo ham shu jumladan)2 litr
2Tamaki mahsulotlari:
– Sigaretlar (TIF TN 2402 20)200 dona
 – Sigaralar (TIF TN 2402 10 0 00 0)5 dona
– Tamaki (TIF TN 2403)100 gramm
3Atir va xushbo‘y suvlar (TIF TN 3303)3 dona(har biri 300 mldan oshgan)
4Biologik faol qo‘shimchalar:
 – Suyuq va sirop ko‘rinishida10 dona flakonda
– Kukun ko‘rinishida0,5 kg
– Tabletka shaklida100 dona
– Kapsula100 dona yoki 4 dona PET idishida
– Quritilgan ko‘rinishda (o‘simlik guli, tanasi, ildizi va h.k.)0,5 kg