Nogironligi bo‘lgan shaxslarga daromad solig‘idan imtiyoz qo‘llanilishi kerak

Soliq kodeksining 380-moddasiga muvofiq:

bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.

Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

O‘RQ-767-son Qonunga ko‘ra yuqoridagi imtiyoz 2022-yil 1-martdan boshlab kuchga kirgan. Shu bois mazkur imtiyoz nogironligi bo‘lgan shaxslarning 2022-yil 1-martdan boshlab topgan daromadining 2 466 000 so‘m miqdori daromad solig‘idan ozod etilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.03.2023 yildagi PF-45-son Farmoniga ko‘ra 2023-yil 1-maydan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 980 000 so‘m etib belgilandi.

2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son  Farmoniga ko‘ra MHTEKM 1 050 000 so‘m etib belgilangan.

Shunga ko‘ra nogironligi bo`lgan fuqarolarga ularning ish haqidan yuqoridagi meyorlardan kelib chiqib daromad solig‘i imtiyozi qo‘llaniladi.

Misol uchun ushbu toifadagi fuqaroning ish haqi 5 mln so‘mni tashkil etadi. Bu vaziyatga unga nisbatan ushbu fuqaroga nisbatan:

  • 2022-yil 1-martdan boshlab, 2023-yil 1-maygacha 2 466 000 so‘m miqdorida;
  • 2023-yil 1-maydan boshlab, 2023-yil 1 dekabrgacha 2 940 000 so‘m miqdorida;
  •  2023-yil 1 dekabrdan boshlab 3 150 000 so‘m daromad solig‘i imtiyozi qo‘llanilishi kerak.

Mazkur imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi tibbiy ma’lumotnomani ilova qilgan holda ish beruvchi nomiga ariza berish lozim. Ish beruvchi soliq agenti sifatida soliqlarni hisoblab, soliq organiga o‘tkazishda mazkur imtiyozni qo‘llagan holda, soliq hisoblaydi.

Agar soliq imtiyozi qo‘llanmagan holda soliq hisoblangan bo‘lsa, hududiy soliq inspeksiyasiga soliq imtiyozni qo‘llash hamda Soliq kodeksining 103-moddasiga asosan daromad solig‘ini qaytarish bo‘yicha ariza berish kerak.

Kameral va sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig‘i 50 foizga kamaytirilgan

Qishloq xo’jaligida soliq to’g’risidagi qonunchilik talablari soddalashtirilmoqda

Ayrim tadirkorlik subyektlariga foyda va aylanmadan olnadigan soliqlar uchun imtiyozlar bor

Ekoturizm tashkil qilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozi qo‘llaniladi

2024-yil 1-iyuldan qanday soliq imtiyozlari bekor bo’ldi?

Maxsus iqtisodiy zonalarga investisiya kiritgan investorlarga soliq imtiyozlari beriladi

Naslchilik subyektlari uchun soliq imtiyozi mavjud

Soliq tekshiruvlarida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha qarorini bekor qilish tartibi qanday?

Qachon hadya qiluvchi daromad solig‘i to‘laydi?