Intizomiy jazo olgan xodimga moddiy rag‘batlantirish berish mumkinmi?

Ushbu sarlavha ostida savol ko‘plab xodimlarni o‘ylantiradi, intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan xodimlarniku, aytmay qo‘yavering. Avvalgi Mehnat kodeksida (180-m) mazkur masala yetarlicha aniq bayon etilmagani sababli, yuqoridagi savol ko‘pchilikni qiynab kelgan. Ish beruvchilar ham kodeks asosida moddiy rag‘batlantirishning har qanday turidan intizomiy jazo olgan xodimni mahrum qilish amaliyotini keng qo‘llagan.

Biroq yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi kuchga kirgach, mazkur masalaga nuqta qo‘yildi. Ya’ni intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi xodimning mehnati bilan bog‘liq rag‘batlantirish choralarini qo‘llamaslik uchun asos bo‘lmaydi.

Mehnat kodeksining 299-moddasi beshinchi qismiga muvofiq

  • intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.

Qoidaning mazmuniga ko‘ra, intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan xodimlarga mehnat natijasiga asoslanmagan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi. Misol uchun bayramda beriladigan mukofot (премя)lar intizomiy jazo olgan xodimga to‘lanmaydi.

Ikkinchidan, ushbu moddaning to‘rinchi qismida ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlari jumlasiga kirmasligi qayd etilgan.

Shunday ekan, xodimga mehnatga haq to‘lash tizimida mavjud bo‘lgan hamda mehnat natijalariga bog‘liq mukofotlar (ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar, muayyan natijaga erishgani uchun moddiy rag‘bat va boshqalar) garchi xodimga qo‘llanilgan intizomiy jazo kuchda bo‘lsa-da, to‘lanishda davom etadi.

Ogohlantirish muddati

Ayrim tumanlarda ish haqlari naqd pulda berilishini bilasizmi?

Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi

Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi

18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud

Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga qanday imtiyozlar berilgan?

Xodimning diplomi soxta bo‘lib chiqsa uni boshqa ishga o‘tkazishga majburmizmi?

Mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomaning o‘zaro nisbati

Fuqarolik-huquqiy shartnomalari mehnat shartnomasi deb tan olinadi

Ishdan bo‘shatish nafaqasi va ishsizlik nafaqasi o‘rtasida farq bor