Qisqartirishga tushgan xodimlar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega

Pensiyaga chiqishda ish stajidan tashqari yoshga oid meyor ham belgilanadi. Umumiy qoida bo‘yicha  yoshga doir pensiya olish huquqiga:

  • erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
  • ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.

Bu Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonuni 7-moddasida mustahkamlangan.

Shuni aytish kerakki, Qonunning 14-moddasiga ko‘ra qisqartirish holatlardagi erkaklar 58 yoshdan pensiyaga chiqishi mumkinligi haqidagi imtiyoz belgilangan. Unga ko‘ra texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:

  • erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
  • ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Shunga ko‘ra korxonaga xodimlar soni qisqarganda yoki korxona butunlay tugatilganda unda ishlayotgan yuqoridagi toifadagi xodimlar imtiyozli ravishda pensiyaga chiqishga haqlidir.  

Kuz-qish mavsumida koʻp qavatli uylardagi havo harorati kamida 20 gradus C boʻlishi kerak.

Xotin-qizlar faolining maoshi mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud

Agar kupelarda kondisioner ishlamasa, chiptalar uchun to‘langan pullar chegirib qolinadi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar “Ishga marhamat” monomarkazlarida kasb-hunar o‘rgangan taqdirda ularga stipendiyalar beriladi.

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi