1-maydan yolg`iz keksalarga va nogironligi bo`lgan shaxslarga moddiy yordam beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.12.2023 yildagi PQ-410-son qarori 6-bandiga ko‘ra 2024-yil 1-maydan boshlab reyestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun har oyda qo‘shimcha pul to‘lovlari o‘rniga yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun har oyda minimal iste’mol xarajatlari miqdorida moddiy yordam joriy etildi.

Yuqoridagi qoidaga ko`ra aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun kommunal xizmat uchun kompensatsiya va oziq ovqat uchun qo‘shimcha to‘lov o‘rniga alohida moddiy yordam berilishi nazarda tutilmoqda.

Hozirgi kunda eng kam iste’mol xarajatlari miqdori 621 ming so‘mni tashkil etishini inobatga olsak, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» ATga kitirilgan yolg‘iz keksalar yoki nogironligi bo‘lgan shaxslarga ushbu miqdorda moddiy yordam ajratiladi.

Bunda qarorning 2-bandiga ko‘ra «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi.

Ushbu jarayonda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularning murojaatlarini qabul qilish mahalla darajasida amalga oshiriladi.

Kuz-qish mavsumida koʻp qavatli uylardagi havo harorati kamida 20 gradus C boʻlishi kerak.

Xotin-qizlar faolining maoshi mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud

Agar kupelarda kondisioner ishlamasa, chiptalar uchun to‘langan pullar chegirib qolinadi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar “Ishga marhamat” monomarkazlarida kasb-hunar o‘rgangan taqdirda ularga stipendiyalar beriladi.

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi