Skip to main content

Kimlarni ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi?

Umumiy qoidaga ko‘ra ish beruvchi asoslar bo‘lgan taqdirda (Mehnat kodeksi 161-moddasida nazarda tutilgan) xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini o‘z tashabbusi bilan bekor qilishga haqli.

Lekin qonun chiqaruvchi ish beruvchining mazkur huquqini cheklaydigan alohida qoidalarni ham o‘rnatadi. Mehnat kodeksining 163-moddasida shunday cheklovlarni belgilangan.

Mazkur normaga binoan quyidagi holatlarda mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi:

  1. ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha;
  2. ushbu Kodeksning mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan;
  3. xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlarida, u mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrlarda;
  4. xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan davrda;
  5. xodim xizmat safarida bo‘lgan davrda;
  6. homilador ayollar (ushbu Kodeks 408-moddasi) va uch yoshgacha bolasi bo‘lgan xodimlar (ushbu Kodeks 409-moddasi) uchun kafolatlar berishni nazarda tutadigan talablarga rioya qilmagan holda.
Categories: Mehnat huquqi