Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi 312-son qarori 9-bandi 5-xatboshisiga qarasak 2024/2025 o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
Demak, kelasi o‘quv yiliga qadar maktablarning chet tili o‘qituvchilari o‘z fanlari bo‘yicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikat olishlari lozim.