Chet elda ishlagandagi staj pensiya tayinlashda qo‘shiladimi?

Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonun 37-moddasida fuqarolarga pensiya tayinlashda ish stajini hisoblash asoslari belgilangan. Unga ko‘ra:

a) 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa;

b) 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, basharti mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa, shuningdek jismoniy shaxsning 2021-yil 1-iyundan keyingi ishlamagan davri uchun uning eri (xotini) mehnatga haq to‘lash tarzidagi o‘z daromadlaridan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq to‘lagan davr ish stajiga qo‘shiladi.

Shunga ko‘ra sug‘urta badallarini to‘lagan bo‘lsa, uning faoliyati davridagi staj pensiya hisoblashda inobatga olinadi.

Endi qarang!  Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 41-bandiga muvofiq chet elda ishlash davrlari:

•  mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ixtiyoriy ravishda 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari;

•  2019 yil 1 yanvardan 2019 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;

•  2020 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliqlar to‘langan davr ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, agar fuqaroning chet elda ishlagan davridagi staji yuqoridagi meyorlarga javob bersa, uning chet elda ishlagan davridagi staji pensiya hisoblashda qo‘shiladi.

Kuz-qish mavsumida koʻp qavatli uylardagi havo harorati kamida 20 gradus C boʻlishi kerak.

Xotin-qizlar faolining maoshi mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.