Ashyoviy huquq nima, u qanday munosabatlarni tartibga soladi, mulk huquqidan ashyoviy huquqning qanday farqi bor? Shu va shu kabi savollar koʻplab talabalarni oʻylantiradi.
Ashyoviy huquq fuqarolik huquqining eng katta institutlaridan biri hisoblanadi va majoziy maʼnoda ashyoviy huquq fuqarolik huquqining “yuragi”dir. Negaki mazkur huquq mulkiy munosabatlarni tartibga solishga eʼtibor qaradi.
Mazkur tushunchaga yuridik adabiyotlarda quyidagicha tarif beriladi: “Ashyoviy huquq qonunchilikka muvofiq shaxsga muayyan ashyoga nisbatan mutlaq darajada bevosita hukmronlik qilish imkoniyatini taqdim etadi”.
Demak, fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining ashyolarga nisbatan hukmronlikni absolyut darajada oʻrnitish imkonini beruvchi huquq bu ashyoviy huquqdir.
Mulk huquqi va ashyoviy huquqning oʻzaro nisbati
Farqli xususiyatlar | Ashyoviy huquq | Mulk huquqi |
---|---|---|
Qamrov jihatdan | Keng tushuncha boʻlib, mulk huquqini oʻz ichiga oladi. | Ashyoviy huquqning bir turi, uning eng toʻliq shakli. |
Huquqlar koʻlami mazmuni | Turli darajadagi huquqlarni oʻz ichiga oladi (masalan, servitut, garov huquqi). | Eng keng huquqlarni beradi (egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish). |
Muddatiga koʻra | Baʼzi turlari vaqtinchalik boʻlishi mumkin (masalan, ijaraga olish huquqi). | Odatda doimiy xususiyatga ega. |
Subyektlariga koʻra | Mulk egasi boʻlmagan shaxslarda ham boʻlishi mumkin. | Faqat mulk egasida boʻladi, yaʼni mulkdorda. |
Cheklanishiga koʻra | Baʼzi turlari cheklangan huquqlarni beradi. | Eng kam cheklangan huquqlarni beradi. |
Ashyoviy huquqlar tizimi
Amaldagi fuqarolik kodeksi va taklif etilayotgan Fuqarolik kodeksi loyihasida ashyoviy huquqlar tizimi farq qiladi. Nisbat quyida bayon etiladi:
Amaldagi FKda ashyoviy huquqlar tizimi haqida konkret norma mavjud emas. Biroq uning mazmunidan toʻliq va cheklangan ashyoviy huquqlar toʻgʻrisidagi normalarga boʻlinishini koʻrish mumkin.
Aslida ashyoviy huquqlar tizimi anchagina keng boʻlib quyidagilarni oʻz ichiga oladi.
Ashyoviy huquqlar tizimi | ||
Toʻliq ashyoviy huquq | Mulk huquqi | Mulkdorga mol-mulkka nisbatan oʻz xohishi bilan oʻz manfaatlarini koʻzlab harakat qilish imkonini beradi. |
Cheklangan ashyoviy huquqlar | Xoʻjalik yuritish huquqi | Mulkdor tomonidan unitar korxonaga mol-mulk mazkur huquq asosida biriktiriladi. Bunda huquqni olgan shaxsning mol-mulkka nisbatan harakatlari mulkdorning erk-irodasiga bogʻliq boʻladi. Yaʼni bunda huquqni olgan shaxs mol-mulkdan faoliyat maqsadlariga, mulkdorning xohish irodasiga bogʻliq holda foydalanadi. Shu sababli bu cheklangan ashyoviy huquqdir. |
Operativ boshqaruv huquqi | Davlat korxonasi yoki muassasalariga ushbu huquq asosida mol-mulk biriktiriladi. Ushbu huquqni olgan shaxs maʼlum doirda, oldindan belgilangan maqsadlar yoʻlida mazkur mol-mulkka nisbatan harakat qilishi mumkin. | |
Yer uchastkasiga nisbatan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi | Ushbu huquq bilan yer uchastkasi faqat Oʻzbekiston fuqarolariga: yakka tartibda uy-joy qurish; uzumchilik, jamoa bogʻdorchiligini yuritish; dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun beriladi. Bu huquqni boshqa shaxsga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi! PQ 6243-son qarorga koʻra 2021-yil 1-avgustdan boshlab mazkur huquq asosida yer uchastkasini ajratish toʻxtatilgan. | |
Yer uchastkasiga nisbatan doimiy egalik qilish va foydalanish huquqi | Bu huquq asosida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qishloq va oʻrmon xoʻjaligi yuritish uchun, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, boshqa maqsadlar uchun berilishi mumkin. PQ 6243-son qarorga koʻra 2021-yil 1-avgustdan boshlab mazkur huquq asosida yer uchastkasini ajratish toʻxtatilgan. | |
Servitut – oʻzganing mulkidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi | Oʻzganing mol-mulkidan muayyan maqsadlarda (piyoda va transportda oʻta olishni taʼminlash, elektr uzatkich, aloqa va quvur liniyalarini oʻtkazish va ulardan foydalanish, suv bilan taʼminlash va boshqa) foydalanish huquqi hisoblandi. Bugungi kunda servitut: Ommaviy; Xususiy servitutlarga boʻlinadi. Servitut – ergashma huquq sanaladi. | |
Uzufrukt – shaxsiy foydalanish va egalik qilish huquqi | Bu huquq egasi (uzufruktuariy) mulkdordek foydalanishi va uchinchi shaxslarning undan foydalanishiga yoʻl qoʻymasligi mumkin, ammo mulkdordan farqli ravishda uni begonalashtirishga, ipotekaga qoʻyishga yoki meros qilib qoldirishga haqli emas. Oila aʼzolarining mulkdorning uyida doimiy yashashi (Uy-joy kodeksi 32-m); Vasiyat majburiyati boʻyicha huquq oluvchining vasiyatnomada koʻrsatilgan uy-joyda doimiy yashash huquqi (FK 1132-m) uzufrukt. | |
Superfitsiy – qurilish qilish huquqi | Yer uchastkasi boshqa shaxsga (superfisiarga) mazkur yer uchastkasining ustida yoki ostida begonalashtiriladigan va meros qilib qoldiriladigan qurilmaga egalik qilish huquqi (superfisiy) bilan foydalanishga berilishi mumkin. | |
Garov huquqi | Mazkur huquq garovga oluvchiga garovga qoʻyilgan mol-mulkdan garovga qoʻyuvchining boshqa kreditorlaridan imtiyozli suratda oʻz daʼvolarini qanoatlantirish imkonini beradi. | |
Possesio | Possesio – egalik qilish | Egalik qilish huquqi ashyoga nisbatan amalda xoʻjalik hukmronligi oʻrnatish yoki uni huquqiy taʼsir doirasida saqlash orqali amalga oshiriladi. |