Avtotransport vositasiga bo‘lgan huquq shartnoma notarial tasdiqlangan vaqtda o‘tadi

Avtotransport vositalari oldi-sotdisi notarial tartibda tasdiqlanishi kerak. Shuningdek, qonun bo‘yicha avtotransport vositasining o‘zi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab etiladi.

Biroq avtotransportga nisbatan huquq uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan oldin sotib oluvchiga o‘tgan bo‘ladi.

Amaliyotda avtomashinaning yangi egasi unga davlat raqami olishga murojaat qilganda avvalgi egasining boshqa qarzdorligi sababli avtomashina sotilgandan keyin ham unga taqiq qo‘yilgan holatlar uchrab turadi.

Aslida avtotransport vositasining oldi-sotdisi shartnoma notarial tasdiqlangan vaqtdan boshlab uni sotib olgan shaxsga avtotransportga nisbatan mulk huquqi o‘tadi.

Fuqarolik kodeksining 386-moddasiga asosan qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 7-bandiga asosan avtomototransport vositasining boshqa shaxsga o‘tkazilishi haqidagi bitimlar notarius tomonidan tasdiqlanadi.

Bunda Fuqarolik kodeksining 185-moddasiga asosan mol-mulkni boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma notarial tasdiqlanishi kerak bo‘lsa, mol-mulkni oluvchida mulk huquqi shartnoma tasdiqlangan paytdan boshlab vujudga keladi.

Ushbu qoidaga asosan, sotib oluvchida mashinaga nisbtan mulk huquqi shartnoma notarial tasdiqlangan vaqtdan boshlab vujudga kelgani sababli, avtotransport vositasining oldigi egasi bilan har qanday aloqa uziladi.

Shunday ekan, avtotransport vositasining oldigi egasining qarzdorligi sabab sotilgan mashinaga taqiq qo‘yish mumkin emas.

Mulk huquqining vujudga kelish asoslari: dastlabki va hosila usul

Yuridik shaxs rahbar organlarining fidutsiar majburiyatlari

Universal va singulyar huquqiy vorislik

Ashyoviy huquqlar nima?

Kripto-doʻkon nima va unda qanday operatsiyalar amalga oshiriladi.