Skip to main content

Kuyov uchun jarimani to‘lab qo‘yish bu – hadya!

Ijtimoiy tarmoqlarda kelin, qaynota tomonidan kuyov uchun turli xil “sovg‘a”lar qilinayotganligini juda ko‘p eshitayapmiz. Nahotki, o‘zganing majburiyatini bajarishga qonun yo‘l qo‘ysa?!

Albatta qonun bunga yo‘l qo‘yadi, yanayam to‘g‘rirog‘i targ‘ib qilinadi. Axir insonlar o‘rtasida ijtimoiy munosabatlar, siylai-rahm bo‘lishi tabiiy va savobli ish sifatida ma’lum. Bu holda biz kuyov bola uchun o‘ziga xos “hadya” qilinishini ko‘ramiz.

Ushbu holatni tushunish esa, nihoyatda oson. Fuqarolik kodeksining 502-moddasiga ko‘ra, hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ni uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qilish majburiyatini oladi.

Bu degani qarzdorni qarzini to‘lab berish o‘ziga xos hadya konstruksiyasi sifatida ko‘riladi.

Demak, agar Andijonda qoidabuzar kuyovning 68 ta jarimasini qaynota to‘lasa, yoki uch nafar sobiq xotinidan aliment qarzdorligi uchun 15 sutkaga qamalgan erning qarzlarini uning 4-xotini to‘lab bersa ajablanmaymiz.

Bu – hadya shartnomasi!

muallif: @prof_mekhmonov

Categories: Fuqarolik huquqi