Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi kimlarga beriladi?

Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonun 19-moddasiga asosan vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi.

Bunda oila a’zolari, agar ular marhumning to‘liq boquvida bo‘lgan yoki undan yordam olib turgan bo‘lsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa, marhumning qaramog‘ida turgan shaxslar toifasiga kiradi.

Shunga ko‘ra, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi marhumning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolariga to‘lanadi.

Kimlar mahrumning oila a’zolari toifasiga kiradi?

  1. bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki 18 yoshdan katta bo‘lsa, agar ular 18 yoshga to‘lguniga qadar nogironligi bor bola bo‘lib qolgan bo‘lsa. Bunda basharti, agar aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa;
  2. ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular pensiya yoshiga to‘lgan (erkaklar 60, ayollar 55 yosh) yoki nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lsalar;
  3. yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;
  4. buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa.

E’tiborli jihati shundaki, marhumning bolalari hamda yuqoridagi ro‘xatning 3-bandida ko‘rsatilganlarga pensiya boquvchining qaramog‘ida turgan-turmaganidan qat’i nazar tayinlanadi.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud