Uydagi daraxtlarni kesish uchun ruxsatnoma olish kerakmi?

Ba’zida fuqarolar tomonidan “o‘zim ekkan daraxtni kesishga ekologiyadan ruxsat olamanmi?” yoki “uyimdagi daraxtni ruxsatsiz kessam jarima to‘laymanmi” kabi mazmunda savollar kelib qoladi. Bunday savol berish o‘rinli va fuqarolarning o‘z huquqlarini bilishga harakat qilishi va keyinchalik javobgarlikka tortilishning oldini olishga intilishi quvonarli.

Ma’lumki, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 79-moddasiga muvofiq daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish:

  • fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha;
  • mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son  Farmoniga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdori 340 000 so‘m etib belgilanganini inobatga olsak, daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun kattagina miqdorda jarima chiqadi.

Endi asosiy masalaga kelsak, haqiqatdan ham shaxs o‘z uyidagi daraxtni kesish uchun ham ruxsatnoma olishi kerakmi?

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 31-bandiga ko‘ra davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga sanitariya maqsadlarida, shuningdek, binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq holatlarda yo‘l qo‘yiladi.

Bunda Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga muvofiq daraxtlarni kesish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalaridan maxsus ruxsatnoma olish talab etiladi.

Biroq ushbu nizomning 2-bandida mazkur nizom qoidalari yuridik yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik subektlarining mulki bo‘lgan va ular tomonidan yog‘och hamda hosil olish maqsadida ekilgan daraxtlar va butalar (teraklar va boshqa tez o‘sadigan daraxt turlari, tutzorlar, mevali daraxtlar va butalar)ga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilangan.

Shunday ekan, shaxs o‘zining uyida, tomorqasida ekangan daraxt va butalarni ekologiya roziligini olmasdan kesishi mumkin.

Avtomobilga qanday turdagi chiroqlarni o‘rnatish mumkin emas?

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Qanday hollarda ichki ishlar organlari xodimlari shaxsni ushlab turish uchun(idoraga) olib ketishlari mumkin?

O‘zboshimchalik bilan yo‘llarda yoki ko‘chalarda sun’iy to‘siqlar o‘rnatgan shaxslarga ham javobgarlik mavjud

Yaqinda uy oldim uyni nomimga o‘tkazmasam nima bo’ladi?

Mastlik holati aniqlangan haydovchining guvohnomasi voqea joyida olib qo‘yiladimi yoki sudning qaroriga asosan olib qo‘yiladimi?

PPX xodimlari qanday huquqbuzarliklar uchun ma’muriy bayonnoma tuzishlari mumkin?

O‘zboshimchalik bilan suv tarmog‘iga ulanib olganlik uchun qanday javobgarlik mavjud?

Notcoin sotishga javobgarlik bormi?

Tamakini faqatgina jamoat joyida chekmaslik kerakmi?