Skip to main content

DXShda tashkil etilgan bogʻchalarga soliq imtiyozlari bormi?

Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.04.2018 yildagi PQ-3651-son Qarorining 9-bandiga asosan davlat-xususiy sherikchiligi shartlarida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari:

➖  tashkil qilinayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ehtiyojlari uchun o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan uskunalar, asbob-anjomlar, o‘quv qurollari va o‘yingohlar davlat-xususiy sherikchiligi to‘g‘risidagi bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga bojxona to‘lovlari (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan;

➖  nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshira boshlagandan keyin o‘n yil mobaynida barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinsin.

E’tibor berish kerakki, mazkur soliq va bojxona imtiyozlari maktabgacha ta’lim sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlaridan oladigan sof tushum ulushi umumiy realizatsiya hajmida hisobot (soliq) davri yakunlariga ko‘ra kamida 80 foizni tashkil etadigan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga nisbatan qo‘llaniladi.

Demak, mazkur soliq imtiyozlarini qoʻlga kiritish uchun soliq davri yakuniga koʻra sof tushum ulushi kamida 80%ni tashkil etadigan bogʻchalarga nisbatan qoʻllaniladi.

Categories: Biznes huquqi