O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2024-yildagi PQ-21-son Qaroriga asosan, Ekoturizmni rivojlantirishga doir bir qator chora-tadbirlar belgilab berildi.
Shu bilan birga, ushbu sohada faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlik subektlariga ham bir qator soliq imtiyozlari joriy etiladigan bo‘ldi. Jumladan:
- cho‘l hududlarida rekreasion turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi kurort zonalarini (toifali mehmonxonalar, SPA-mehmonxonalar, sanatoriy va pansionatlar) tashkil qilgan tadbirkorlik subektlari uch yil davomida foyda solig‘ini va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
- cho‘l hududlarida tematik xiyobonlarni tashkil qilgan yuridik shaxslar tematik xiyobonlar foydalanishga topshirilgan kundan e’tiboran uch yil davomida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.