Havo harorati sovigan paytlarda uylardagi tabiiy gazning bosimi tushib ketadi. Soddaroq aytganda, gaz pasayadi. Bunday holatda ayrim shaxslar gazni sunʼiy kuchaytish uchun motor qurilmalarini oʻrnatishadi. Xoʻsh, ushbu qurilmalarni qoʻyishga ruxsat bormi oʻzi?
Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 31 maydagi 319-son qaroriga ilova qilingan “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari” ning 22- bandiga binoan isteʼmolchining obyekti joylashgan hududda gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan tegishli parametrlarda isteʼmolchiga tabiiy gazni yetkazish imkoni mavjud quvvatga (bosim, hajm) ega boʻlgan gazni taqsimlash tarmogʻi hamda tabiiy gaz resurslari mavjud boʻlganda, isteʼmolchini gaz bilan taʼminlash boʻyicha texnik imkoniyat mavjud deb hisoblanadi.
Oʻrganish natijasi boʻyicha gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan ijobiy qaror qabul qilingandan soʻng isteʼmolchiga ichki gaz quvurlari, gazdan foydalanish uskunalari (turi va soni), gazdan foydalanish davri va hisoblagichlarga nisbatan qoʻyilgan talablarni oʻz ichiga olgan gazlashtirish texnik shartlari beriladi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, sizning vaziyatingizda suyultirilgan gazdan foydalanishda qolgan isteʼmolchilarni huquqlarini inobatga olib, ruxsatsiz motor ishlatishingiz qonun talablariga toʻg‘ri kelmaydi.