Shaxsni haqorat qilish bu shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash hisoblanib, uning uchun qonunda bir qator javobgarlik choralari belgilangan.
Xususan, Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 41-moddasiga asosan bunday huquqbuzarlik uchun:
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Agar shaxs ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin yana shunday huquqbuzarlik sodir etsa, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasiga muvofiq:
- bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima;
- yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Agar haqorat internetda yoki ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan bo`lsa, shaxsga to`g`ridan-to`g`ri jinoyiy javobgarlik chorasi qo`llanilib, u:
- bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima;
- yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari;
- yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.