Mazkur munosabat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2011 yil 23 noyabrdagi 174-sonli buyrug‘i bilan tartibga solinadi. Ushbu buyruqqa Ichki ishlar vazirining 2023-yil 10-avgustdagi 396-sonli buyrug‘i bilan kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra guvohnoma olish uchun quyidagi miqdorlarda to‘lov qilinadi.
№ | Imtihonlarni olish va haydovchilik guvohnomasini berish | To‘lov bazaviy hisoblash miqdorida (foizi/baravari) | To‘lov miqdori 19.04.2024 holatiga (so‘mda)* |
1 | Nazariy imtihon topshirish uchun | 10 foiz | 34 000 |
2 | Har bir qayta nazariy imtihon topshirish uchun | 15 foiz | 51000 |
3 | Avtomototransport vositalarini, shu jumladan transport vositalari tarkibini amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun | 10 foiz | 34 000 |
4 | Har bir qayta amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun | 15 foiz | 51000 |
5 | Haydovchilik guvohnomasini berish uchun | 70 foiz | 238000 |
6 | Yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasi o‘rniga vaqtinchalik ruxsatnoma berish uchun | 10 foiz | 34 000 |
7 | Chet davlat fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va diplomatik xizmat xodimlariga haydovchilik guvohnomalarni berish uchun | 3 baravar | 1 020 000 |
Izoh:
* 2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son Farmoniga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdori 340 000 so‘m etib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4871-son “Favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar, noturar-joyning yong‘ini yoki qulashi, transport vositasining yong‘ini) yuz berganligi oqibatida fuqaroning aybisiz yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan haydovchilik guvohnomasining dublikatini berish uchun to‘lov undirilmaydi.